Klublar o'rtasidagi JCH formatida jiddiy o'zgarishlar bo'lishi mumkin
15 apr 2018 15:19
Yangiliklar


Klublar o'rtasidagi JCH formatida jiddiy o'zgarishlar bo'lishi mumkin
FIFA klublar o'rtasidagi JCH formatini o'zgartirishni niyat qilmoqda.
"Reuters" xabariga ko'ra, turnir har 4 yilda bir bora o'tkazilishi mumkin. SHuningdek, turnirda 24 jamoa ishtirok etadi. Unda ECHLning so'nggi 4 mavsum g'olibi, Evropa ligasining so'nggi 4 mavsum g'olibi, Libertadores kubogining so'nggi 4 mavsum g'olibi, Okeaniya qitasidan bir jamoa, Janubiy Amerika qitasidan yana bir jamoa, turnir mezboni, Osiyo chempionlar ligasining so'nggi ikki g'olibi, Afrika chempionlar ligasining so'nggi ikki g'olibi va nihoyat KONKAKAF chempionlar ligasining so'nggi ikki g'olibi qatnashishi ko'zda tutilmoqda.
Yangi formatdagi turnir 2021 yilda o'tkazilishi mumkin.
O’xshash yangiliklar
14:35
"Venger qonuni", sekundomer, murabbiylik chellenji - FIFA va IFAB yangi qoidalarni joriy etdi 12

Fikrlar