Klublar o'rtasidagi JCH. Bugun finalda "Real" va "Gremio" o'ynaydi
16 dek 2017 11:02
Yangiliklar
Klublar o'rtasidagi JCH. Bugun finalda "Real" va "Gremio" o'ynaydi
Bugun BAA mamlakatida o'tayotgan klublar o'rtasidagi Jahon chempionatining final uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Hal qiluvchi o'yinda Ispaniyaning "Real Madrid" va Braziliyaning "Gremio" klublari to'qnash kelishadi. Bu uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 22:00da boshlandi. Agar Zidan shogirdlari g'olib bo'lishsa "Real Madrid" ushbu musobaqada ketma-ket ikki marta zafar quchgan dunyodagi birinchi klubga aylanadi.
Toshkent vaqti bilan soat 19:00da esa musobaqaning uchinchi o'rini uchun bahs boshlanadi. Unda BAAning "Al Jazira" va Meksikaning "Pachuka" klublari to'qnash kelishadi. Ko'plab futbol muxlislarimiz hech bo'lmasa bugun Sardor Rashidov maydonga tushishini kutishmoqda.
O’xshash yangiliklar
21:42
Futzal. O'zbekiston Braziliyaga qarshi ilk o'rtoqlik o'yinida ettita gol farqi bilan yutqazdi 25
Fikrlar