So’nggi yangiliklar

18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  0 17:39"Ланс" "Челси" собиқ ҳимоячиси билан битим тузди. У Ҳусановга рақобатчи бўлади  1 17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  0 16:48"Хоразм" бир қатор футболчиларни сафига қўшиб олди  2 16:28"Манчестер Сити" янги мавсум учун захира либосини тақдим этди  1 15:59ФИФА Олимпиада ўйинларидаги воқеаларни текшириш учун эксперт тайинлади  0 15:34Тимур Кападзе: "Мисрнинг кучли томонлари ва имкониятларини яхши биламиз"  9 15:12Иброҳимҳалил ОТЖ лагерини тарк этди, унинг ўрнига бошқа ўйинчини қўшиш мумкинми? Кападзе жавоб берди  26 14:59"Манчестер Юнайтед" Уан-Биссакани Дюмфрисга алмаштирмоқчи  4 14:37Париж-2024. Ўзбекистон Мисрга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  9 14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  1 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1 13:23"Арсенал" Евро-2024'да ёрқин ўйин кўрсатган ярим ҳимоячининг трансфери борасида музокаралар ўтказмоқда  1 12:57"Ньюкасл" ҳимоячиси Саудия Арабистони чемпионатига ўтиши мумкин  1 12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  1

Klublar diagrammasi yoxud mehnatga yarasha natija (Ikkinchi sakkiztalik) Yangiliklar

Klublar diagrammasi yoxud mehnatga yarasha natija (Ikkinchi sakkiztalik)

Sal avvalroq bu yilgi oliy ligani 1-8 o'rinlarda tugatgan klublarning mavsumiy diagrammasini berib o'tgandik.


Quyida 9-16 o'rinlarni egallagan jamoalarning ichki chempionatdagi diagrammasini keltirib o'tamiz. Malumot uchun, "diagramma" so'zi grekchadan olingan bo'lib, surat, tasvir manolarini beradi. Diagramma geometrik belgilardan tashkil topadi va uzoq muddatli faoliyat hamda natijani aniq ifodalashda yordam beradi.

“QO'QON-1912”
Jadvaldagi yakuniy o'rni: 9
Eng yuqori o'rin: 2
Eng past o'rin: 13

“Qo'qon-1912” jamoasi ham xuddi “Olmaliq” kabi birinchi davrani zo'r o'tkazdi. Hatto beshinchi turdan keyin ikkinchi o'ringa ko'tarilib olgan jamoa uzoq vaqt shu pog'onada turdi. Albatta, ora-orada “Qo'qon-1912” bir-ikki o'rin pastladi, lekin jamoa go'yoki ikkinchi o'rinni oladigandek edi. Bu orada ikkinchi davra bahslariga start berilib, qo'qonliklar 19-turdan boshlab jadvalning quyi pog'onalari sari katta sakrashni amalga oshirishdi. Ayniqsa, “Mashal”, “Metallurg”dan uchralgan ketma-ket ikki mag'lubiyat No'mon Hasanov shogirdlariga qattiq zarba bo'ldi. Bitta g'alabadan so'ng jamoa 6-o'ringa mustahkam o'rnashib olgandi va bu hol to'rtta turga etdi. CHempionat oxirida qatorasiga uch mag'lubiyat esa “Qo'qon-1912”ning mavsumni 9-o'rinda tugatishini taminladi.


“METALLURG”
Jadvaldagi yakuniy o'rni:
10
Eng yuqori o'rin: 7
Eng past o'rin: 16

“Metallurg”ning chiroyli bir shiori bo'lardi: yuqori ham ko'tarilmaymiz, pastga ham tushib ketmaymiz. Jamoa bu mavsumni ham shu shiorga amal qilish bilan boshladi, biroq ketma-ket beshta o'yindagi g'alabasiz seriya bekobodliklarni hatto 16-o'ringacha tushirib yubordi. Aytish mumkinki, “Metallurg” yil davomida ikki bor 16-o'rinda turdi. 10-turdan boshlab jamoa birdaniga xuddi raketa misol yuqoriga ko'tarila boshladi. Bunga esa birinchi davra oxirigacha qo'lga kiritilgan to'rtta g'alaba sabab bo'ldi. Natijada jamoa oraliq tanaffusga 7-o'rinni egallagan holda chiqib ketdi. Ikkinchi davrada “Metallurg” yana ozgina pastga sho'ng'idi, ammo 19-turdan boshlab 19-o'ringa mahkam o'rnashib oldi va shu ko'yi chempionat oxirigacha hech kimga bermadi.


“QIZILQUM”
Jadvaldagi yakuniy o'rni:
11
Eng yuqori o'rin: 8
Eng past o'rin: 16

Navoiyning “Qizilqum” jamoasi butun chempionat davomida 8-o'rindan yuqoriga ko'tarila olmadi. Jamoa hatto beshinchi o'rin yaqiniga kelmadi. “Qizilqum” birinchi davrada 9-12 o'rinlar orasida bir ko'tarilib, bir tushib yurdi. Birinchi davraning oxirgi to'rt o'yinidan uchtasida g'alabaga erishgan Hamid Aktamov jamoasi “Dinamo”, “Mashal” va “SHo'rtan” klublari ustidan qo'lga kiritilgan yutuq tufayli tanaffusga sakkizinchi o'rinni egallagan holda chiqib ketdi. Ikkinchi davrada bu jamoa bir tekis o'yin ko'rsata oldi. 19-turdan boshlab 11-o'ringa o'rnashib olgan “Qizilqum” to mavsum oxirigacha shu o'rinda keldi.


“DINAMO”
Jadvaldagi yakuniy o'rni:
12
Eng yuqori o'rin: 1
Eng past o'rin: 13

“Dinamo”ning diagrammasi juda g'alati: xuddi tog'dan chang'ida pastga qarab harakatlanayotgan sportchining izini eslatib yuboradi. CHunki mavsumni cho'qqida boshlagan “Dinamo” marraga 12-bo'lib etib keldi. Samarqandliklar qatorasiga uch marta g'alaba qozongach, ko'pchilik bu jamoani Angliyaning “Lester” klubiga o'xshatgandi. Ammo “Dinamo” “Lester” bo'la olmadi, qaytanga o'zining kimligini bildirib qo'yib, sekin pastga og'ishni boshladi. Bu jamoaning hatto birinchi o'ringa chiqib olganini aytmaysizmi. “Dinamo” 13-turdan so'ng bamisoli suvga kalla tashlagandek shunday otildiki, birdaniga 6-o'rindagi jamoa 12-pog'onaga tushib qoldi. Ikkinchi davrada esa “Dinamo” o'z joyini "topdi" va mavsumni bir amallab 12-o'rinda tugatdi.


“SO'G'DIYONA”
Jadvaldagi yakuniy o'rni:
13
Eng yuqori o'rin: 10
Eng past o'rin: 16

“So'g'diyona” mavsumni quyi notada boshlab, shu notada tugatib qo'ya qoldi. Jamoa uchun bu yil hatto 9-o'rin ham orzuligicha qoldi. CHunki jizzaxliklar 10-pog'onadan yuqoriga ko'tarila olishmadi. Mana shu 10-o'ringa chiqish ham Davron Fayziev paytida ro'y bergandi. Ammo Igor SHkvirin bosh murabbiy etib tayinlangach, o'yinda va tarkibda katta o'zgarishlarni ko'rmadik. “So'g'diyona” bir amallab 12-o'ringacha ko'tarilib oldi. Lekin bu ham vaqtincha holat ekan. Oxirgi beshta o'yinning faqat bittasida g'olib chiqqan jamoa yakunda 13-o'rinni band etdi.


“SHO'RTAN”
Jadvaldagi yakuniy o'rni:
14
Eng yuqori o'rin: 6
Eng past o'rin: 15

“SHo'rtan”ning kuchli beshlikka kirishiga bir bahya qolgandi, lekin g'uzorliklar oltinchi o'rindan yuqoriga ko'tarila olishmadi. Agar “SHo'rtan” birinchi davraning o'zida uch martadan ketma-ket uchta o'yinni yutqazmaganida bormi, balki jamoa uchinchi o'ringa chiqib olishi mumkin edi. CHunki “SHo'rtan” bu mavsum o'z maydonida “Paxtakor”, “Lokomotiv” va “Bunyodkor”ni gol o'tkazmasdan mag'lub etdi. Ammo ikkinchi davra baribir o'z so'zini aytib, jamoa sekin-asta pastga sho'ng'iy boshladi va uzoq vaqt 13-14 o'rinlar orasida “suzib” yurdi. Orada ozgina 15-o'ringa tushib qolgan “SHo'rtan” yakunda 14-pog'onani band etishga muvaffaq bo'ldi.



“NEFTCHI”
Jadvaldagi yakuni o'rni:
15
Eng yuqori o'rin: 9
Eng past o'rin: 16

Avvalgi shonli “Neftchi”dan hozir asar qolmagani shundoq ko'rinib turibdi. Jamoa bu mavsumni juda past saviyada o'tkazdi. CHempionatni mag'lubiyat bilan boshlagan “Neftchi” shundan so'ng ketma-ket beshta o'yinni yuta olmadi. Farg'onaliklarning ilk g'alabasi faqat 7-turga kelib ro'y berdi. Safarda “So'g'diyona” mag'lub etildi. Umuman olganda “Neftchi” birinchi davrada faqat ikkita o'yinni yutdi xolos. Biri “So'g'diyona”, yana biri “Obod”. Bu yilgi chempionatda “Neftchi”dan kuchsiz faqat bir jamoa bo'ldi. U ham bo'lsa “Obod”. CHunki aynan “Obod” tufayligina “Neftchi” 15-o'rinni hech kimga bermay keldi: na yuqoriga ko'tarildi, na pastga tushdi. Va yakunda o'z mehnatiga yarasha musobaqani shu o'rinda tugatdi.



“OBOD”
Jadvaldagi yakuniy o'rni:
16
Eng yuqori o'rin: 9
Eng past o'rin: 16

O'ylashimizcha, “Obod” oliy liga tugashiga ettita tur qolgan paytda chiqib ketmaganida ham baribir 16-o'rindan yuqoriga ko'tarila olmasdi. CHunki jamoa shundoq ham hamma o'yinlarni boy berib kelayotgandi. “Obod” “Neftchi” singari birinchi davrada atigi ikki bor g'alaba nashidasini sura oldi. Jamoa safarda “Buxoro”ni va o'z maydonida “Dinamo”ni mag'lub etdi. Ammo klubda yuzaga kelgan bazi muammolar sabab keyingi o'yinlarda o'zini ko'rsata olmadi. Ikkinchi davrada “Obod”ni ukrainalik mutaxassis Andrey Demchenko boshqarganiga qaramay, baribir vaziyat o'nglanmadi. O'z maydonida “Lokomotiv”ga mag'lub bo'lgach, bu klubning faoliyatiga chek qo'yildi va jamoa tarqatib yuborildi. Qolgan o'yinlarda esa raqiblarga texnik g'alaba yozildi.


Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика