Klopp: "Xyonessning "Bavariya"ga qaytishi menga noqulaylik tug'dirmaydi"
21 noy 2014 11:52
Yangiliklar


Klopp: "Xyonessning "Bavariya"ga qaytishi menga noqulaylik tug'dirmaydi"
Dortmundning "Borussiya" klubi bosh murabbiyi Yurgen Kloppning takidlashicha, "Bavariya" sobiq prezidenti o'z jamoasiga qaytishga bog'liq hech qanday qarshiligi yo'q.
"Xyonessning "Bavariya"ga qaytishi menga noqulaylik tug'dirmaydi. U aybiga yarasha jazo oldi. Uning muddati tugagach yana hayot davom etadi" - deydi Klopp.
Eslatib o'tamiz, nemis grandining sobiq prezidenti 27,2 mln evro miqdoridagi soliqlarni to'lamagani uchun 3,5 yilga qamoq jazosini o'tamoqda.

Fikrlar