Klopp: “VARda ham muammolar borligi ko'rinib turibdi”
21 okt 2019 00:15
Yangiliklar


Klopp: “VARda ham muammolar borligi ko'rinib turibdi”
Angliya chempionati 9-turidan o'rin olgan MYU – “Liverpul” bahsidan so'ng, mezbonlar ustozi Yurgen Klopp video takrorlar sistemasiga (VAR) o'z etirozini bildirdi.
“Natija biz o'ylagandek bo'lmadi, lekin, o'yin borishini hisobga oladigan bo'lsak durangdan xursand bo'lishimiz zarur. Ilk taymdagi harakatlarimiz menga yoqmadi. “Manchester Yunayted”ga bosim o'tkazish va tajovuzkor harakat qilishga qo'yib berdik. Ular xohlaganlarini qilishga erishdi. “Manchester Yunayted” VAR bilan muammolar borligini ko'rsatadigan vaziyatda gol urdi. Hakam takroriy vaziyatni tomosha qilayotganida, VAR barchasini aniq ko'rsatishiga amin edim. Men uchun bu yaqqol fol edi. Bu muammo. Keyin gol urdik, u esa bekor qilindi. Deyarli barchasi bizga qarshidek edi ammo yutqazmadik, shunday ekan hammasi joyida”, – deydi Klopp.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar