Klopp: "Markaziy himoyachilar jarohatidan havotirda emasman"

Aslanov Jasurbek
8 avg 2018, 12:51
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp APL startidan oldin "Torino"ga qarshi o'tkazilgan o'rtoqlik uchrashuvi (3:1) haqida fikr bildirdi.

Bu bahsda Klopp asosiy tarkibning faqat bir markaziy himoyachisi - Virjil Van Deykni maydonga tushirdi. "Liverpul"ning qolgan himoyachilari jarohatini davolamoqda.

"Jo Gomes safga qaytadi. Uning jarohati jiddiy emas, ammo bugun undan foydalana olmadik. Deyan Lovrenning ahvoli yaxshi, biroq u yaqinda jamoaga qo'shildi. Ragnar Klavan va Joel Matip tayyor emas. Ammo bizga 12 nafar markaziy himoyachi kerak emas" - deydi Klopp.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com