Klopp: “Mag'lubiyatga teng durang”
31 okt 2021 07:50
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/666208_original.jpg)
![](/upload/storage/666208_220.jpg)
Klopp: “Mag'lubiyatga teng durang”
“Liverpul” ustozi Yurgen Klopp APL 10-turidan o'rin olgan “Brayton”ga qarshi bahs (2:2)dan keyin o'z fikrlari bilan bo'lishdi.
Mersisaydliklar 1-taymda 2:0 hisobida g'alaba qozonayotganiga qaramay, yakunda 3 ochko qo'ldan chiqardi.
“Mag'lubiyatga teng durang. Nafaqat 2:0 natijasi bilan oldinda bo'lganimiz, balki ko'rsatgan o'yinimiz tufayli ham. Ikkita chiroyli gol urishga erishdik, ammo ular hisoblanmadi.
2-taymda esa yaxshi o'ynay olmadik. Menga bu holat umuman yoqmadi”, deydi Klopp.
"Qizillar" chempionat turnir jadvalida 22 ochko bilan 2-o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar