Klopp: "Liverpul"da hech qanday bosim yo'q"

Aslanov Jasurbek
26 dek 2018, 14:21
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Kloppning fikricha, uning jamoasi turnir jadvalida yetakchilik qilayotganiga qaramay, ortiqcha bosim his qilmayapti.

"Hech qanday bosim yo'q. Agar kimdir shogirdlarimdan may oyi haqida savol berganini eshitsam, mikrofonni otib yuboraman. Biz futbol o'ynaymiz, yozda nima qilish haqida bosh qotirmaymiz. Har bir o'yinda qiyinchilikka uchrayapmiz. Barchasiga bor kuchimizni sarflayapmiz.

Agar mag'lub bo'lsak, hamma "Liverpul" bosimga dosh bera olmayapti deydi. Hozir hamma xotirjam. O'yinlar paytida o'zimni boshqacha his qilaman, ammo hozircha hech qanday ortiqcha bosim yo'q" - deydi Klopp.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph