Klopp: “Liverpul” APL tarixidagi eng kuchli jamoa bo'lolmaydi, chunki...”
01 mar 2020 07:58
Yangiliklar
Klopp: “Liverpul” APL tarixidagi eng kuchli jamoa bo'lolmaydi, chunki...”
“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoasining APL 28-turida “Uoftord”ga (0:3) uchragan mag'lubiyatiga izoh berdi.
“Liverpul” ko'plab rekordlarni o'rnatdi, bunga shunchaki istak va xohish orqali erishib bo'lmaydi. Rekord bu qayd etilgan natijalar yig'indisi, biz esa bugun bo'sh harakat qildik va salbiy natijaga erishdik. Biz APL tarixidagi eng kuchli jamoa bo'lolmaymiz, chunki bugun kutilgandek yaxshi jamoa sifatida o'ynolmadik. Balkim kelgusida bizga boshqa yana qandaydir rekordlarni o'rnatish imkoni bo'lar...
Qachondir yutqazishimiz aniq edi va “Uotford”ga qarshi o'yinda shu ish sodir bo'ldi. Agar har tomonlama raqibga yutqazib mag'lub bo'lsang bu tushunarli hol. Ammo maksimum o'yin namoyish etib, buni tushuntirib berish qiyin ish”, deya Kloppning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Daily Mail.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar