So’nggi yangiliklar

17:06"Пахтакор" йирик агентлик мижози бўлган ироқлик футболчига кўз тикди  3 16:40Расман: "Арсенал" АПЛ клуби сардорини қўлга киритди  2 16:24Суперлиганинг 2 та клуби Ироқ терма жамоаси хавбекига даъвогарлик қилмоқда  1 16:03"Насаф" 3 та позицияга легионер олиб келади  5 15:41Ҳожимат Эркинов собиқ клуби ҳакамларни сотиб олишда айбланиб чемпионатдан четлаштирилди  3 15:15Суперлига-2025. Биринчи даврада мураббийлар томонидан айтилган фикрлардан сара иқтибослар   2 15:01"Олимпик" вакиллари 2 ойдан бери маош олишмаяпти  3 14:53"Олимпик"ка бош мураббий тайинланди  5 14:33Маскерано: "Мен учун Месси – футбол тарихидаги энг яхши футболчи"  11 14:05ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон 55-ўринга кўтарилди  20 13:43"Шўртан" 4 нафар футболчиси билан хайрлашди  2 13:22Милитао: "Реал" учун қаттиқ ишлашда давом этиш муҳим"  6 12:53"Комо" "Манчестер Сити" футболчиси ҳуқуқларига эга чиқиши мумкин  1 12:25"Интер" "Челси" ҳужумчисини сотиб олмоқчи  2 11:57Алонсо Родригонинг захирада қолиб кетаётгани ҳақида: "Гап келажак ҳақида эмас, тактикада"  14

Klopp: “Koutinoni saqlab qolish uchun barcha ishni qildik, ammo uning ko'ngli “Barsa”da edi” Yangiliklar

Klopp: “Koutinoni saqlab qolish uchun barcha ishni qildik, ammo uning ko'ngli “Barsa”da edi”

“Liverpul” ustozi Yurgen Klopp jamoasi yarim himoyachisi Filippe Koutinoning “Barselona”ga o'tishiga o'z munosabatini bildirdi.

“Koutino yaxshi do'st, ajoyib inson va fantastik futbolchi. Hech kimga sir emas, Filippe o'tgan yilning iyulida “Barselona” unga qiziqish bildirgan paytda kataloniyaliklar safiga qo'shilishi niyatida edi. U qatiy tarzda “Barsa”ga ko'chib o'tmoqchi edi, ammo biz uni safimizda yana yarim yil qoldirishga erishib, keyinchalik jamoada qolishiga umid qilgandik.”Liverpul” muxlislarini ishontirib aytishim mumkinki, biz qo'limizdan kelganicha uni “Liverpul” “Barselona”dan kam emasligini isbotlashga urindik. Ammo u kelajagi 100 foiz Ispaniya jamoasida ekanligini bildirdi. Bu uning orzusi edi va biz bunga to'sqinlik qila olmasdik.

Filippe so'nggi besh mavsumda jamoaning rivoji uchun fantastik hissa qo'shdi, ammo, afsuski u munosabatlarni davom ettirishni istamadi. Biz unga omad tilashdan o'zga choramiz yo'q. U bizga sodiq futbolchi sifatida g'alabalarimizga ulkan hissa qo'shdi, garchi o'tgan yili jamoani tark etishni istagan bo'lsada.

Albatta, bu xabardan muxlislar xafa bo'lishlari aniq. Ammo unutmaslik kerakki bu ham futbolning bir qismi. Futbolchilar keladi, ketadi. Lekin klub o'z yo'lida davom etadi. “Liverpul”ning yuragini sotib yuborib bo'lmaydi, garchi ko'pchilik bizdan shuni istashgan bo'lishsada”, deya Kloppning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda “qizillar” rasmiy sayti.

Reyting: +51   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика