Klopp jahonning eng baquvvat futbolchisining xohishini bir zumda amalga oshirdi
14 iyu 2020 21:15
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/581244_original.jpg)
![](/upload/storage/581244_220.jpg)
Klopp jahonning eng baquvvat futbolchisining xohishini bir zumda amalga oshirdi
Angliya Liga 1 pley-off finalida “Uikom Uonderers” “Oksford Yunayted” ustidan g'alabaga (2:1) erishib, 133 yillik tarixida ilk bor CHempionshipga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
G'olib jamoa safida jahonning eng baquvvat futbolchilaridan biri Adebayo Akinfenva harakat qiladi va u mersisaydliklarning ashaddiy muxlisi hisoblanadi. 38 yoshli angliyalik uchrashuvdan keyingi intervyusida “qizillar” ustozi WhatsApp messenjeri orqali uni tabriklasa, xursand bo'lishini aytgan edi.
Ko'p o'tmay Klopp Akinfenvaning niyatini amalga oshirdi va unga videotabrik jo'natdi.
“Ishonmayman. Afsona menga WhatsApp orqali xabar yubordi. Bugungi kunim bundanda yaxshi bo'lmaydi. Rahmat senga, Klopp. Biz buni uddaladik”, deya qayd etgan Akinfenva.
Instagram'dagi maxsus @angliyafutboli sahifamizga obuna bo'ling!
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar