Klopp: "Imkoni bo'lsa - himoyachi sotib olamiz"
30 jan 2021 17:20
Yangiliklar


Klopp: "Imkoni bo'lsa - himoyachi sotib olamiz"
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp transfer oynasida markaziy himoyachi topishdagi qiyinchiliklar haqida gapirib o'tdi.
"Bizda tarkibni to'ldirish bo'ladimi yoki yo'q, bilmayman. Lekin, harakat qilamiz. Biz doim harakat qilamiz. "Liverpul" hozirgi pallada o'zini juda yaxshi his qilyapti deyish kulguli bo'ladi. Biz harakat qilamiz, lekin hech narsa deya olmayman. CHunki, hali hech nima sodir bo'lmadi. Matip va Fabinoning jarohati vaziyatni engillashtirmadi. Agar imkoni bo'lsa - himoyachi sotib olamiz. Klublar o'yinchilar uchun aqlbovar qilmas pul so'rashmoqda, ayniqsa yuqori darajali futbolchilarga", - deya Kloppning so'zlarini keltirdi "Goal.com".
O’xshash yangiliklar

Fikrlar