Klopp Gakponing qachon debyut qilishi mumkinligini aytdi
29 dek 2022 21:54
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/733423_original.jpg)
![](/upload/storage/733423_220.jpg)
Klopp Gakponing qachon debyut qilishi mumkinligini aytdi
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoaning yangi futbolchisi Kodi Gakpo qachon tarkibdagi debyutini amalga oshirishi mumkinligini aytdi.
"Katta ehtimol bilan u "Brentford"ga qarshi o'ynamaydi. CHunki 1 yanvar mamlakatimizda banklar va yuridik tashkilotlar uchun dam olish kuni. Demak, ishni yakuniga etkazish uchun ikkinchi yanvar tushlikdan keyin borishimiz kerak.
Nima bo'lgan taqdirda ham biz shoshilmasligimiz kerak. Balki u "Vulverxempton"ga qarshi o'yinda qatnashishi mumkin", - dedi Klopp.
Oldinroq malum qilinganidek, "Liverpul" Gakponi PSVdan 37 mln evro evaziga sotib oldi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar