Klopp: “Etarli darajada aqlli o'yin ko'rsata olmadik”
22 iyu 2020 08:54
Yangiliklar


Klopp: “Etarli darajada aqlli o'yin ko'rsata olmadik”
“Liverpul” ustozi ham Mersisayd derbisidan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.
“Bu haqiqiy jang edi. Ikkala jamoa ham derbi ekanligidan kelib chiqib yaxshi o'yin namoyish etdi. SHu bilan birga bizda golli vaziyatlar ko'proq bo'ldi. Biz ustunlik qildik, ammo tan olish kerak, gol urish uchun yaqqol vaziyat raqiblarda bo'ldi. Ular juda yaxshi himoyalandi, biz esa etarli darajada aqlli o'yin namoyish eta olmadik. Uzoq tanaffusdan so'ng bunday bo'lishi normal holat. Futbol endi boshqacha ko'rinmoqda”, — deydi Klopp.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar