Klopp: "Biz "Manchester Siti" kabi bo'la olmaymiz"
06 apr 2019 10:40
Yangiliklar


Klopp: "Biz "Manchester Siti" kabi bo'la olmaymiz"
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp APLning 33-turi doirasida "Sautgempton" ustidan qozonilgan g'alabadan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Bu ajoyib! Yigitlarga bizning holatimiz to'g'ri ekanligini aytgandim. Biz o'yinni yaxshi tashkil qildik, yuqori bosim o'tkazdik. Har bir xatodan keyin qarshi hujumlarga o'tib keta olardik. O'tkazib yuborilgan goldan keyin xotirjamlikni saqlab qoldik.
Biz vaziyatni kutmaymiz uni yaratamiz. Hisob 1:1ga etganda o'yin sokinlashdi va biroq bizning golimizdan keyin barchasi o'zgarib ketdi. SHak-shubxasiz, g'alabadan xursandmiz. Bu erdan 3 ochko bilan uyga qaytish qiyin bo'lishini bilardik, biroq buni uddaladik.
Bu bizning eng yaxshi o'yinimiz emas. Odamlar bizni "Manchester Siti" kabi o'ynashimizni istashadi. Biroq biz bunday qila olmaymiz. Bizning o'ziga hos o'yin uslubimiz bor. Ligada 82 ochko to'plash oson emas", - dedi Klopp.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar