Klaudio Raneri: “Vardi raqibga emas, to'pga o'ynadi”
17 dek 2016 23:36
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/231529_original.jpg)
![](/upload/storage/231529_220.jpg)
Klaudio Raneri: “Vardi raqibga emas, to'pga o'ynadi”
“Biz uchun yaxshi futbol ko'rsatish muhim. SHu sabab o'yin oxirigacha kurash olib bordik. Yigitlar xarakter namoyish etishdi. O'yin boshida biz xavfli hujumlarni tashkil etdik. Ammo chetlatishdan keyin futbolchilarim qattiq asabiylashishdi. Tanaffusda ijobiy natijaga erishish mumkinligi haqida yigitlarga ko'p gapirdik.
Vardining chetlatilishi adolatlimidi? Bir murabbiy buniga ha, deb javob beradi. Ikkinchisi esa yo'q. Men Vardi bunga loyiq emasdi deyman, Mark Xyuz esa buning aksini gapiradi. Bilmadim Vardi raqibga tegdimi yo'qmi, lekin u o'sha vaziyatda to'pga o'ynagan edi. Hakamdan jahlim chiqdi. CHunki yigitlarim jon jahdlari bilan kurashayotganini ko'rib turgandim. Futbolchilarga juda ko'p kartochka ko'rsatildi. Lekin bu APLda odatiy holat”, deydi Raneri.
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar