Klaudio Raneri kechagi uchrashuvdan so'ng nimalar dedi?
07 apr 08:23
Yangiliklar


Klaudio Raneri kechagi uchrashuvdan so'ng nimalar dedi?
«Men bolalardan mamnunman.Biz shunday o'yin bo'lishini kutgandik, buni matbuot anjumanida ham aytdim. Shuning uchun ular bizni hayratda qoldirdi deb ayta olmayman. Ular bizga bosim o'tkazishdi. Biz ularning har bir zarbasiga zarba bilan javob berishni maqsad qilgandik.
Ammo dastlabki 20 daqiqa buni uddalay olmadik. Ammo bundan keyin biz yigirma daqiqa davomida yaxshi harakat qildik. Avvaliga Niko Gonsalesning boshi bilan bergan zarbasi darvoza to'siniga tegib qaytdi, so'ng Kristantenda yaxshi imkoniyat bo'ldi. Biz gol urishimiz o'rniga bo'lim so'nggida gol o'tkazib yubordik, bu juda alamli edi.
Baxtimizga ikkinchi bo'lim avvalida hisobni tenglashtirishga erishdik. Shundan so'ng g'alaba uchun intildik, biroq bugungi bahsdagi asosiy maqsadimiz mag'lub bo'lmaslik edi.
Nima bo'lgan taqdirda ham bugungi uchrashuvdagi futbolchilarimning harakatlaridan mamnundan. Ular oxirgacha kurash olib borishdi» — dedi murabbiy.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Gol ursa rahmat aytsa gol urmasa nima deydi
Эл Шаравийни назарда тутган шекилли, шунда Клаудио амаки адашганми ёки сайт ходимларими?
Элдорни зарбаси теппага кетиб ўзини ҳам қўрқитиб юборди лекин.))