Klattenburg "Liverpul" - "Tottenxem" uchrashuvidagi bahsli vaziyatlarga izoh berdi

Aslanov Jasurbek
5 fev 2018, 16:18
Angliya Premer-ligasining sobiq hakami Mark Klattenburg "Liverpul" hamda "Tottenxem" o'rtasidagi APLning 26-tur uchrashuvidagi hakamlikka baho berdi.

"Birinchi vaziyatda hammasi Lovren to'pga qanchalik atayin tekkaniga bog'liq. Agar Keyn uning yonida bo'lgan va xorvat to'pga tegishga harakat qilmagan deb hisoblasak, hammasi hakamning qaroriga bog'liq.

Biroq Keyn "sho'ng'igani" yo'q. Karius tomonidan qo'pollik bo'ldi va bu uning reakciyasidan ko'rinib turgan edi.

Ikkinchi vaziyat: Lorente to'pni ofsaydda turgan Lamelaga tashladi. Bu yerda hech qanday penalti bo'lmasligi kerak edi" - deydi Klattenburg.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Times