Kin: "Partini "Manchester Yunayted"da ko'rishni xohlayman"
03 noy 2020 11:30
Yangiliklar


Kin: "Partini "Manchester Yunayted"da ko'rishni xohlayman"
"Manchester Yunayted" sobiq sardori Roy Kin "Arsenal"ning yangi o'yinchisi Tomas Partining harakatlarini MYU (1:0)ga qarshi o'yindan so'ng baholadi.
"Parti ajoyib o'ynadi. Uning o'yinini qancha ko'p ko'rganim sayin, uni "Manchester Yunayted"ning markaziy chizig'ida ko'proq ko'rishni xohlayapman.
Tomas etarlicha yirik, kuchli va agressiv futbolchi. U hujumni qo'llab-quvvatlay oladi va to'pni egallaganda yo'qotmaydi. Bu yigitchada yangi Patrik Vieyra bo'lish uchun barcha imkoniyat bor", - deydi Kin.
Parti "Arsenal"ga deyarli 1 oy oldin "Atletiko"dan o'tgandi. London klubi u uchun 50 million evro to'ladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar