Kimdir o'ldimi?. Messi Inter Mayamiga o'tishini eshitgan Devid Bekxem yotgan joyida yig'lab yuborgan ekan
25 mar 2024 10:21
Yangiliklar
Kimdir o'ldimi?. Messi Inter Mayamiga o'tishini eshitgan Devid Bekxem yotgan joyida yig'lab yuborgan ekan
Inter Mayami xo'jayini Devid Bekxem Lionel Messining o'z klubiga kelayotganini qaerdan eshitganini aytib berdi.
«Leo PSJni tark etishini elon qilgandi. Yaponiyada edim, tonggi soat 4 yoki 5 da uxlab yotgandim, telefonim tinmay jiringlay boshladi.
Xotinim meni turtib gapirdi: «Telefonni o'chir, uxlash kerak». Ko'zoynagimni oldim va telefonda Messi Mayamiga kelishni qaror qilganini o'qidim. Men joyimga o'tirdim va yig'lab yubordim.
Viktoriya esa menga qarab: «Nima bo'ldi? Tinchlikmi? Kimdir o'ldimi?»
Men unga javoban: «Messi keladi, u Mayamiga kelmoqda» dedim. Internetga kirsam, barcha joyda shu haqda yozishgan ekan», — dedi Bekxem RMC Sport nashriga.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar