So’nggi yangiliklar

00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  0 00:01Расман: "Манчестер Сити" "Бёрнли"дан дарвозабон сотиб олди  0 23:40"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0 23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  1 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  4 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  4 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  9 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  8 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  8 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  8 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  4 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  1 20:25"Наполи" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олмоқчи  0 19:59Тоттининг ўғли босим туфайли футболдан кетди  2

Kim Bo Yong: "Janubiy Koreya futboli top-darajada, ammo o'zbek futboli darajasi ham juda yuqori" Yangiliklar

Kim Bo Yong: "Janubiy Koreya futboli top-darajada, ammo o'zbek futboli darajasi ham juda yuqori"

2020 yilgi mavsumda Yaypaning “Turon” jamoasi Superligaga yullanma olgan edi va 2021 yilgi mavsum boshida jamoani koreyalik Kim Bo Yong kuchaytirgan edi. Ammo "Turon" mavsum oxirida Pro ligaga ravona bo'ldi.

Janubiy koreyalik futbolchining yurtimizda qolish-qolmasligini bilish uchun u bilan bog'landik.

– "Turon" jamoasidan qachon va qanday qilib taklif oldingiz?

– Birinchi navbatda, o'zimni legioner sifatida sinab ko'rmoqchi edim va takliflar ichidan O'zbekiston variantini tanlab, shu erda faoliyat yuritishni lozim deb topdim.

– Superliga haqida taassurotlaringiz qanday? Janubiy Koreya va O'zbekiston futboli orasida katta farq bormi?

– Janubiy Koreya futboli top-darajada, ammo o'zbek futboli darajasi ham juda yuqori. Hatto o'zbek va koreys futbolchilarining texnikasi bir xil. Biroq koreys futbolida mashg'ulot va vitaminizaciyada yaxlit tizim mavjud, shuning uchun ham bizning futbol evropalashgan.

– Odatda janubiy koreyalik futbolchilarni Superligamizda kam ko'ramiz. Ular bu erga kelishsa ham, ko'p ushlanib qolishmaydi. Buning sababi nimada deb o'ylaysiz?

– O'ylashimcha, gap ovqat va ob-havoning har xilligida. Boshida men xam qiynalgan edim.

– O'zbekistonga kelib, to'liq mavsum o'tkazishingizga nima turtki bo'ldi?

– Men O'zbekistoni juda yaxshi ko'raman. O'zbekistonga mehrim bo'lakcha, bu erda baxtli hayot kechirmoqdaman.

– Jamoada eng yaqin do'stingiz kim?

– Fozil Musaev va Vladislav Kasminin.

– Yaypan, Toshkent va umuman, yurtimiz haqida taassurotlaringiz?

– Tug'risini aytganda, Yaypanda juda qiynaldim, ammo menga Toshkentda koreyslar ko'pligi juda yoqdi va o'zbek xalqi ham juda mexmondo'st ekan.

– Hozirgi kunda  nimalar bilan bandsiz?

– Ayni paytda Janubiy Koreyada oilam bag'rida hordiq chiqaryapman.

– Yurtimizda qolish niyatingiz bormi?

– O'zbekistonni juda yoqtiraman va o'sha erda qolmoqchiman. Takliflar ham bor, ko'ramiz.

Uchqunbek suhbatlashdi

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика