So’nggi yangiliklar

03:20Испания Кубоги. "Барселона" чорак финалда қийинчилик кўрмади, Торрес собиқ жамоасини аямади  58 02:57"Ливерпуль" катта қийинчиликсиз Англия Лига Кубоги финалига йўл олди  4 02:32А Серия. "Интер" қолдирилган ўйинда йирик ҳисобда ютқазди  1 00:56Моуринью футбол тарихидаги энг зўр уч футболчи номини айтди  17 00:21Саудия Арабистони. "Ал Иттиҳод" Карим Бенземанинг 90+6-дақиқадаги голи эвазига ғалабага эришди  1 23:54"Манчестер Юнайтед" ҳужумчисига А Серия клублари даъвогар  0 23:25ЕЧЛ форматида яна ўзгариш бўлиши мумкин  2 22:55Жозе Фонте: "Роналду мингта гол ура олади"  2 22:29Назорат ўйини. "Бухоро" Қозоғистон жамоасини ишончли ҳисобда доғда қолдирди  4 21:59ЎФА "Нефтчи", "Навбаҳор" ва "Сўғдиёна"га қарзларни бартараф қилиши учун муддат белгилади  5 21:23Назорат ўйини. "Сурхон" Сербия клуби дарвозасига 4та гол урди  10 21:05Назорат ўйини. "Навбаҳор" Хитой жамоасидан устун келди  4 20:4239 ёшли Модрич яна бир йил "Реал"да қолмоқчи  12 20:25Назорат ўйини. "Насаф" Грузия жамоасига 4та гол урди  18 20:16Ўртоқлик ўйини. "Сўғдиёна" Черногория жамоаси билан дуранг ўйнади  2

Kim, aslida, qanday murabbiy? Yangiliklar

Kim, aslida, qanday murabbiy?

Sizni ham bazi narsalar xayron qoldirib turadimi? Ilon Maskning raketasi, bir so'zi bilan bitkoinni tushirib yuborishi, Toshkent metrosining 2021 yil boshidan beri texnik nosozliklarga tez-tez uchrashi, xullas, SHpakning magnitafoni deydi-ku. SHunchaki eslab o'tdim, besabab.

Meni, stadionda futbol ko'rib o'tirgan vaqtim, biror futbolchining super golidan ko'ra tribunada o'tirgan muxlislarning futbolchilarga nima qilishlarini o'rgatishi, kimdir qo'ng'iroq qilib qolsa, unga o'yin haqida gapirishi xayron qoldiradi. Avvalo, jamoat joyida o'tiribdi. Yonidagi sherigi o'zining tanishi bo'lishi mumkin, ammo undan yuqoridagi yoki pastidagi inson begona bir muxlisdir. U stadionga, katta ehtimol bilan, dam olaman, deb kelgan bo'lishi mumkin.

"Bunyodkor"ning uy o'yinlariga borganimda VIP xonalardan birida Vadim Abramov va boshqa murabbiylarni ko'raman. Terma jamoamiz murabbiyi futbolchilarni ko'rishga kelgandir, (balki futbol ko'rib dam olishga, kim bilsin deysiz tag'in ham) deb o'ylayman. O'yinni 90 daqiqa kuzatadigan mutaxassis bazi-bazida sheriklari bilan maydonga qo'l uzatib o'zaro gaplashishadi. Bazida esa telefon orqali gaplashayotganda ham maydon tomonga qo'llarini cho'zib gaplashadi (men ham ko'chada telefonda gaplashganimda qo'limni qimirlatib gaplashaman). Qaysidir bir o'yinda hamkasbimiz "Kim bilan gaplashyapti, deb o'ylaysiz?", degan savol berib qolgandi. 

"Bunyodkor" — "Nasaf" o'yinidan keyingi matbuot anjumanida Fahriddin Ro'ziev matbuot anjumanida men bir ko'rsatuvda, adashmasam, "andijoncha raqs" tushishi orqali tanigan SHuhrat Maqsudovga ("Bunyodkor" bosh murabbiyi) "futbol jamoatchiligi orasida "SHuhrat Maqsudov qo'g'irchoq murabbiy, aslida hamma ishni Vadim Abramov bajaradi" qabilida gap-so'zlar yuribdi. Bunga qanday izoh berasiz?" degan savolni berib qoldi. Maqsudov esa elning og'ziga elak tutib bo'lmasligini, kim nima deyishining unga qizig'i yo'qligini takidladi. Qiziqayotganlar bo'lsa kelib mashg'ulotlarini ko'rishi mumkinligini aytgandi. "Vadim Karlenovichni nafaqat "Bunyodkor"ga, balki boshqa jamoalarni o'yinlariga borib kuzatishga, terma jamoa tarkibiga jalb etilgan futbolchilarni nazorat qilishga haqqi bor, fikrimcha", — deya qo'shimcha qilgandi Maqsudov.

Ha aytgancha, yaqinda xabar chiqqandi "Eshitdik-da" rukni ostida. Unga ko'ra, 14 may kuni bo'lib o'tgan AGMK — "Bunyodkor" bahsida  O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov "Bunyodkor" kiyim almashtirish xonasiga kirgan. PFL komissari qarshiligiga qaramay Abramov sobiq klubi echinish xonasiga kirgan ekan. 

Kecha bo'lib o'tgan "Bunyodkor" — "Navbahor" o'yinida Vadim Abramovni ko'rdim. Telefonda gaplashdimi, yo'qmi, etibor qilmadim. Aslida, uning telefonda gaplashishi-yu, nimani muhokama qilishi, bu — o'zining ishi. 

Aprel oyida "Navbahor" murabbiylar shtabiga uch nafar yangi mutaxassis qo'shildi. Jamoaning murabbiylar shtabidan Grigoriy Kolosovskiy, Augustin CHirica va Anton Mayeranov o'rin olishdi. Bunga “Navbahor”ning bazi o'yinlarda omadsizlikka uchragani sabab etib ko'rsatilgan edi (to'g'rida, yangi murabbiylar yangicha fikr berishlari mumkin, masalan). 

"Navbahor" matbuot xizmati o'sha vaqtda murabbiylarning faoliyati haqida malumot taqdim etgan edi. Grigoriy Kolosovskiy 2012 yili “Paxtakor”da boshlab, shu kungacha Samvel Babayan hamda Viktor Jalilov bilan birgalikda “Spartak” (Yurmala, Latviya), “Lokomotiv” (Toshkent) va “CHanchun Yatay” (Xitoy) klublari hamda O'zbekiston milliy terma jamoasida faoliyat yuritgan ekan. Menimcha, bu murabbiyni "Navbahor" matbuot xizmati bergan malumotdagidek Samvel Babayan bilan birgalikda ishlaganini ko'pchilik bilsa kerak. 

Kecha men o'tirgan CIP sektorda Grigoriy Kolosovskiy ham o'tirgan ekan. O'yin vaqti maydondagi futbolchilarni chaqirib, ularga ko'rsatma berishga harakat qildi. Telefon orqali ham gaplashdi, adashmayotgan bo'lsam. 1-bo'limdan so'ng, menimcha, kiyinish xonasiga kirib ketdi va 2-bo'lim boshida yana o'z joyiga chiqdi. 

Ammo boya aytganimdek, uning telefonda gaplashishi-yu, futbolchilarga gapirishi, bu — o'zining ishi.

O'zbekiston kubogi doirasidagi "Navbahor" — "Olimpik" o'yinidan keyingi matbuot anjumanida Viktor Jalilov Samvel Babayan va "Navbahor" atrofidagi mish-mishlar haqida gapirib o'tib, ularga izoh bermasligini, Babayan bilan tez-tez gaplashib, maslahatlashib turishini aytib o'tdi. "U ham mendan tavsiya olib turadi. Munosabatlarimiz yaxshi. Boshqa har qanday gap-so'zlar haqida hech narsa bilmayman", — deydi Jalilov.

Etibor bersak, oddiy muxlis ham tribunada futbolchilarni chaqirib, ularga gapirishi, kimdir bilan telefonda o'yin haqida gaplashishi mumkin (Davron Fayziev hali "So'g'diyona"da ishlab yurgan vaqtlari tribunadagi muxlis bilan o'yin vaqti aytishib ketgani yodimda). Maydondagi futbolchilar ham muxlislarni qisman bo'lsa-da eshitadi. 

SHuhrat Maqsudov ham, Viktor Jalilov ham o'zini hurmat qilgan murabbiyligiga ishonaman. Ularning ikkisi ham gap-so'zlarga izoh berib o'tgan. Biri mashg'ulotga taklif etgan bo'lsa, yana biri fikr almashib turishini, boshqa hech narsani bilmasligini aytdi. 

Bir narsadan, O'zbekistondagi barcha-barcha futbol klublarining bosh murabbiylari chindan ham o'zlariga berilgan vazifa egasi ekanliklariga, boshqa hech kim jamoadagi bosh murabbiyning ishlariga aralashmasligiga umid qilaman.

Og'abek Samisov

Muallif : Og'abek Samisov
Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика