Superliga. "Paxtakor" – “Lokomotiv” 1:0 (matnli translyatsiya)

admin
17 iyul 2026, 19:29
Superliga 12-turidan o'rin olgan bahsning matnli translyatsiyasini ushbu sahifada kuzatib borishingiz mumkin.

Superliga, 12-tur

Toshkent. “Paxtakor” stadioni. 20:00

"Paxtakor" – "Lokomotiv"

Bosh hakam: Ilgiz Tantashev

Yordamchi hakamlar: Andrey Sapenko, Timur Gaynullin

Zaxira hakami: Rinat Serazitdinov

VAR: Firdavs Norsafarov

AVAR: Sherzod A'zamov

Nazoratchi: Timur Abdullaev

Komissar: Shohruh Said

“Paxtakor”: 35.Sanjar Quvvatov, 4.Zaid Tahsin, 5.Muhammadqodir Hamraliev, 7.Hojiakbar Alijonov, 8.Dilshod Saitov, 9.Ibrohim Ibragimov, 11.Hojimat Erkinov, 14.Rustam Turdimurodov, 23.Abdurauf Bo'riev, 27.Sardor Sobirxo'jaev, 77.Oybek Bozorov.

Zaxira: 12.Vladimir Nazarov, 10.Akmal Mozgovoy, 17.Dostonbek Hamdamov, 20.Dilshod Abdullaev, 21.Bashar Resan, 34.Sherzod Nasrullaev, 50.Flamarion, 55.Muhammadrasul Abdumajidov, 90.Stefan Chinedu.

“Lokomotiv”: 1.Aleksey Kozlov, 7.Quvonchbek Abraev, 9.Suhrob Nurulloev, 11.Temurxo'ja Abduxoliqov, 15.Aleksandar Shushnyar, 17.Sardor Mirzaev, 26.Abdulloh Yo'ldoshev, 28.Shuhrat Muhammadiev, 33.Oleg Zoteev, 45.Yovan Nishich, 70.Muhammadali Reimov.

Zaxira: 12.Nikita Shevchenko, 5.Anzur Ismoilov, 8.Bilol Tupliev, 10.Shodiyor Shodiboev, 14.Nikolay Ivanov, 22.Sunnatilla Poyonov, 23.Diyor Turopov, 61.Nurlan Ibraimov. 99.Jasur Yaxshiboev.

🕘 45+2. Dastlabki bo'lim yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

43. Temurxo'ja Abduxoliqovning kuchli zarbasi noaniq bo'ldi.

41. “Paxtakor” to'p nazoratini o'ziga olgan, jamoa hujum uyushtirishga intilmoqda.

36. Bozorov chapdan kirib borib to'pni markazga uzatgandi, ammo to'pga Turdimurodov yetib borolmadi.

35. Bahs asosan maydon markazida kechmoqda, har ikki jamoa ham faol. Muxlislar tinmayapti qo'llab-quvvatlashdan.

32. Quvonchbek Abraevning zarbasi biroz noaniq bo'ldi, ammo xavfli edi.

24. Futbolchilar tomoqlarini xo'llab olishlari uchun qisqa tanaffus e'lon qilindi.

20. “Loko” futbolchisining uzoqdan yo'llagan zarbasi aniq bo'ldi, biroq kuchsiz.

13. Yana “Paxtakor” oldinga o'tmoqda, bu safar ham Turdimurodov, ammo uning uzatmasidan so'ng to'pni darvozaga yo'llaydigan futbolchi topilmadi.

12. Tezkor gol urildi o'yinda, buyog'iga “Loko” ham oldinga yurish qiladi.

⚽️ 11. GOL! Turdimurodov hisobni ochdi! Hojiakbar Alijonov markazdan oldinga yurish qilib to'pni chapga - Bozorga uzatdi, uning uzatmasini esa Rustam golga aylantirdi!

9. Temp yuqori uchrashuvda, yaqin orada gol ko'rsak ajab emas.

5. Uchrashuv faol boshlandi, har ikki jamoa ham navbati bilan oldinga o'tmoqda.

🕛 1. O'yin boshlandi.

Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni Superliga 12-turidan o'rin olgan "Paxtakor" – "Lokomotiv" matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!

O'xshash yangiliklar


adminMuallif
Manba: Championat.asia