

Superliga, 12-tur
Toshkent. “Paxtakor” stadioni. 20:00
"Paxtakor" – "Lokomotiv" 1:1
Gollar: 11 - Rustam Turdimurodov, 63 - Shodiyor Shodiboev
Bosh hakam: Ilgiz Tantashev
Yordamchi hakamlar: Andrey Sapenko, Timur Gaynullin
Zaxira hakami: Rinat Serazitdinov
VAR: Firdavs Norsafarov
AVAR: Sherzod A'zamov
Nazoratchi: Timur Abdullaev
Komissar: Shohruh Said
“Paxtakor”: 35.Sanjar Quvvatov, 4.Zaid Tahsin, 5.Muhammadqodir Hamraliev, 7.Hojiakbar Alijonov, 8.Dilshod Saitov, 9.Ibrohim Ibragimov (50.Flamarion, 46’), 11.Hojimat Erkinov (21.Bashar Resan, 61’), 14.Rustam Turdimurodov (90.Stefan Chinedu, 46’), 23.Abdurauf Bo'riev, 27.Sardor Sobirxo'jaev (10.Akmal Mozgovoy, 76’), 77.Oybek Bozorov (17.Dostonbek Hamdamov, 61’).
Zaxira: 12.Vladimir Nazarov, 20.Dilshod Abdullaev, 34.Sherzod Nasrullaev, 55.Muhammadrasul Abdumajidov.
“Lokomotiv”: 1.Aleksey Kozlov, 7.Quvonchbek Abraev (10.Shodiyor Shodiboev, 61’), 9.Suhrob Nurulloev (99.Jasur Yaxshiboev, 76’), 11.Temurxo'ja Abduxoliqov, 15.Aleksandar Shushnyar, 17.Sardor Mirzaev (61.Nurlan Ibraimov, 86’), 26.Abdulloh Yo'ldoshev, 28.Shuhrat Muhammadiev, 33.Oleg Zoteev, 45.Yovan Nishich (14.Nikolay Ivanov, 86’), 70.Muhammadali Reimov (23.Diyor Turopov, 61’).
Zaxira: 12.Nikita Shevchenko, 5.Anzur Ismoilov, 8.Bilol Tupliev, 22.Sunnatilla Poyonov.
Ogohlantirishlar: 8 - Quvonchbek Abraev, 57 - Oleg Zoteev, 90+2 - Aleksandar Shushnyar, 90+3 - Stefan Chinedu, 90+3 - Zaid Tahsin
🕘 90+7. O'yin yakunlandi!
90+5. Mehmonlar so'nggi daqiqalarda hujumlarga zo'r berishdi, biroq ulardan samara chiqmadi.
90. O'yinning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.
90. Alijonov erlatib zarba berdi, ammo kuchsiz bo'ldi.
87. Abdulloh Yo'ldoshevning bosh bilan bergan zarbasi aniq bo'ldi, to'pni Quvvatov ushlab oldi.
80. Yaxshiboevning erlatib bergan zarbasi aniq, biroq kuchsiz chiqdi.
79. Jasur Yaxshiboev o'ziga uzatib berilgan to'pga eta olmadi, sal qolsa bo'sh darvozaga to'p kiritishi mumkin edi…
77. Shodiboevning akrobatik uslubda bergan zarbasi noaniq bo'ldi.
74. Bashar Resan bir o'zi markazdan oldinga yurish qilgandi, biroq yakuniy uzatmani berishda adashdi.
68. Futbolchilar tomoqlarini xo'llab olishlari uchun qisqa tanaffus e'lon qilindi.
68. Yana Hamdamovdan uzatma va yana Chinedudan zarba, biroq noaniq ketdi.
67. Doston Hamdamovning havolatib bergan uzatmasidan so'ng to'pni Chinedu akrobatik uslubda zarba berdi, biroq o'xshamadi zarbasi.
64. Hisob tenglashdi, endi o'yin yanada qizishi aniq.
⚽️ 63. GOL! Shodiboev hisobni tenglashtirdi! O'ng qanotdan uzatilgan to'pni Shodiyor elkasi bilan darvozaga kiritdi!
🔄 61. Har ikki jamoada ikkitadan o'zgarish amalga oshirildi.
56. “Sherlar” darvozasi oldida xavfli vaziyat yuzaga keldi, sal qolsa hisob o'zgarishi mumkin edi…
54. Sardor Mirzaevning uzoqdan yo'llagan kuchli zarbasidan so'ng to'p darvoza to'siniga tegdi…
53. “Temiryo'lchilar” hujumlarda faol, hisobda ortda borayotgan holatda bu normal holat.
46. Bo'limni “Paxtakor” o'zgarish bilan boshladi, uchrashuvdagi hozircha yagona gol muallifi zaxiraga olindi.
🕛 46. Ikkinchi bo'limga start berildi.
🕘 45+2. Dastlabki bo'lim yakunlandi.
45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.
43. Temurxo'ja Abduxoliqovning kuchli zarbasi noaniq bo'ldi.
41. “Paxtakor” to'p nazoratini o'ziga olgan, jamoa hujum uyushtirishga intilmoqda.
36. Bozorov chapdan kirib borib to'pni markazga uzatgandi, ammo to'pga Turdimurodov yetib borolmadi.
35. Bahs asosan maydon markazida kechmoqda, har ikki jamoa ham faol. Muxlislar tinmayapti qo'llab-quvvatlashdan.
32. Quvonchbek Abraevning zarbasi biroz noaniq bo'ldi, ammo xavfli edi.
24. Futbolchilar tomoqlarini xo'llab olishlari uchun qisqa tanaffus e'lon qilindi.
20. “Loko” futbolchisining uzoqdan yo'llagan zarbasi aniq bo'ldi, biroq kuchsiz.
13. Yana “Paxtakor” oldinga o'tmoqda, bu safar ham Turdimurodov, ammo uning uzatmasidan so'ng to'pni darvozaga yo'llaydigan futbolchi topilmadi.
12. Tezkor gol urildi o'yinda, buyog'iga “Loko” ham oldinga yurish qiladi.

⚽️ 11. GOL! Turdimurodov hisobni ochdi! Hojiakbar Alijonov markazdan oldinga yurish qilib to'pni chapga - Bozorga uzatdi, uning uzatmasini esa Rustam golga aylantirdi!
9. Temp yuqori uchrashuvda, yaqin orada gol ko'rsak ajab emas.
5. Uchrashuv faol boshlandi, har ikki jamoa ham navbati bilan oldinga o'tmoqda.
🕛 1. O'yin boshlandi.




Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni Superliga 12-turidan o'rin olgan "Paxtakor" – "Lokomotiv" matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!



