So’nggi yangiliklar

15:47Индонезия терма жамоасига бош мураббий тайинланди  4 15:06"Реал" Родрини сотиб олиши мумкин  1 14:36"Ливерпуль” Эквадор терма жамоаси ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 14:03Рики Пуч тиззасидан олган жароҳати туфайли 2026 йилни ўтказиб юбориши мумкин  1 13:20Фонсека: "Эндрик 90 дақиқа ўйнашга тайёр эмас"  0 12:41"Атлетико" футболчиси Италияга йўл олмоқда  0 12:20"Нидерландияга қарши ЖЧ-1998 ярим финалида 32 кг га озганман"  6 12:00Бугунги ўйинлар: Каталония дербиси, "Селтик" — "Рейнжерс" ва бошқалар  0 11:50Тонали АПЛнинг топ клубига ўтиши мумкин  1 11:22Канселу "Барселона"га қайтмоқчи  2 10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  2 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  6 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  5 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  1

“Killavit” o'yingohida futbol turniri Yangiliklar

“Killavit” o'yingohida futbol turniri

Teglar :  KillavitXorazm
Xorazm viloyati Yangiariq tumanining Tagan qishlog'idagi “Killavit” o'yingohida 2002-2003 yillarda tug'ilgan yosh “charm to'p” ustalari o'rtasida 1 iyun -Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag'ishlangan ochiq birinchilik o'tkazildi.

Yangiariq tumanidagi “Navro'z” futbol klubi tashabbusi bilan viloyat madaniyat va sport ishlari boshqarmasiga qarashli sport o'yinlari va engil atletikaga ixtisoslashtirilgan  bolalar va o'smirlar sport maktabi(SO'EAIBO'SM) hamkorligida tashkil etilgan mazkur musobaqa o'ziga xos bayram tuhfasi bo'ldi.
Musobaqaning yarim finalida “Navro'z”(Yangiariq tumani) jamoasi “Jayhun”(Urganch shahri) jamoasi ustidan 2:0 hisobida zafar quchdi.  SO'EAIBO'SM(Urganch shahri) jamoasi esa “Neftchi”(Urganch tumani) jamoasini 3:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

O'z navbatida 3-o'rin uchun kechgan o'yinda “Neftchi” jamoasi(murabbiyi Bahodir Rahimov) “Jayhun”dan kichik hisobda ustun keldi, 1:0. Hal qiluvchi uchrashuvda Qudrat Sobirov ustozlik qilayotgan “Navro'z jamoasi yosh futbolchilari SO'EAIBO'SM(murabbiyi Feruz Jumaniyozov)dagi tengdoshlarini 3:1 hisobida engib, turnir g'olibiga aylanishdi.

Musobaqaning eng yaxshi futbolchisi nomiga Inomjon Matyusupov (SO'EAIBO'SM) sazovor bo'ldi. SHuningdek, nominaciyalar bo'yicha Habibulla Matyoqubov (himoyachi, SO'EAIBO'SM), Odamboy Masharipov (yarim himoyachi, “Jayhun”), Davlatmurod Davletov (hujumchi, “Navro'z”), Azizbek Bahromov(to'purar, SO'EAIBO'SM)lar etirof etildi.

Ikrom  XUDOYBERGANOV.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика