Kike Seten: “Bavariya” haqli bo'lganidan ham ko'proq gol urdi
15 avg 2020 07:57
Yangiliklar
Kike Seten: “Bavariya” haqli bo'lganidan ham ko'proq gol urdi
“Barselona” bosh murabbiyi Kike Seten “Bavariya”dan qabul qilingan 8:2 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.
“Bu favqulodda og'riqli mag'lubiyat. Ular o'zlari haqli bo'lganidan ham ko'proq gol urdi. Biz yomon boshlamadik, ammo raqibning kuchi bizni ko'p jabhada ortda qoldirdi. Men bu erda bir necha oydan beri borman xolos. Agar Pike katta tanaffuslar vaqti etganini aytgan bo'lsa, demak, bu ko'p narsani anglatadi. Kelajak uchun qaror qabul qilish vaqti etdi. Hozir esa mening klubda qolishim yoki ketishim haqida gapirishga ancha erta deb o'ylayman. Haqiqat shunday: hammasi menga bog'liq emas”, — deydi Kike Seten.
Avvalroq Setenning “Barselona”dan ketishi aniq bo'lgan va buni klub prezidenti ham tasdiqlagan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar