So’nggi yangiliklar

21:00Футзал. Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон — Бразилия 2:5 (матнли трансляция)  15 20:45Аббосбек Файзуллаев: "Ҳозирги кунда осон рақибнинг ўзи йўқ. Кечаги натижалар бунга исбот бўлди"  1 20:34Ўткир Юсупов бугунги машғулотларда иштирок этмади  6 20:21Назорат учрашуви. "Олимпик" "Сўғдиёна" билан жанговар дуранг қайд этди  0 19:56Ўзбекистон терма жамоаси Қирғиз Республикасига қарши баҳсга тайёрланишни бошлади  3 19:30Де Брюйне ФИФА ва УEФАни танқид қилди  2 18:33Родри: "Таянч ярим ҳимоячилари маркетологлар ва мухлисларни ҳайратга соладиганлар тоифасига кирмайди"  1 18:06Даврон Чориев: "Футзалчиларимиз Бразилияга қарши ёрқин ўйин намойиш этишади"  1 17:35"Қўрқманглар, ҳаммаси назоратим остида". Катанец қандай қилиб натижага эришмоқчи?  21 17:13FourFourTwo энг яхши пенальтичилар рейтингини эълон қилди: Марадона, Ван Бастен ва Роналду кучли ўнликда  5 16:40Тренд давом этади: "Реал" етакчиси YouTube'да канал очди  3 16:180:7га қандай изоҳ берилди? Сўз мураббийларга (ЖЧ саралаш ўйинларидан кейинги фикрлар)  4 16:03"Манчестер Юнайтед" собиқ ҳужумчиси Бразилия чемпионатига ўтиши мумкин  0 15:36"Ҳозир бизга ўхшаган ҳужумчиларни топиш қийин"  3 15:10Ўзбекистон футзал термасининг ЖЧ учун қайдномаси маълум!  7

Kichik tanaffusga kim qanday holatda yo'l oldi? (1-qism, yuqoridagi jamoalardagi vaziyat haqida) Yangiliklar

Kichik tanaffusga kim qanday holatda yo'l oldi? (1-qism, yuqoridagi jamoalardagi vaziyat haqida)

O'zbekiston milliy terma jamoasining iyun oyida bo'lib o'tadigan JCH-2022 saralash uchrashuvlariga tayyorgarlikni ertaroq boshlagani munosabati bilan Superliga klublari kichik tanaffusga yo'l olishdi.

Garchi hali oldinda birinchi davranig bir nechta uchrashuvlari qolgan bo'lsada, jamoalarning ortda qolgan turlardagi ishtiroki haqida biroz fikr va mulohaza yuritish istagi tug'ildi. Quyida dastlabki beshta jamoa haqida fikr boradi. 

"Paxtakor" - Ikki yildirki, Superligada karvonboshilikni hech kimga bermay kelayotgan "sherlar" bu mavsum ham chempionlik yo'lida dadil odimlashmoqda. Mavsum boshida tarkibda katta yo'qotishlarga uchragan jamoaning Superligada qanday ishtirok etishi ko'pchilikni o'ylantirgandi. Lekin Piter Xyuistra ketganlarning o'rnini Xojimat Erkinov, Diyor Holmatov, Ibrohim Halil Yo'ldoshevlar bilan munosib to'ldira oldi. To'g'ri ko'pchilik ikki qanot vingerlari Sardor Rashidov va Aziz Turg'unboevdan ko'p narsa kutgani rost. Qanotlardagi o'yin bevosita ular bilan shakllantirildi.  Biroq Rashidov jarohat tufayli ayni paytda safda bo'lmasa, Turg'unboev raqobatda yuqoridagi futbolchilarga yutqazdi. Aslida bir necha yil oldinroq yoshlarni asosiy tarkibga tayyorlab borish kerak edi. SHunda hozirda bu borada engilroq bo'lardi... 

Mavsumni Superkubok sovrini bilan boshlagan "sherlar"ning chempionatdagi g'alabali yurishi 5 ta tur davom etdi.

1-tur. 10.03.2021. "Nasaf" - "Paxtakor" 2:3

2-tur. 15.03.2021. "Paxtakor" - "Mashal" 3:0

3-tur. 18.03.2021. AGMK - "Paxtakor" 

4-tur. 02.04.2021. "Paxtakor" - "Metallurg" 2:1

5-tur. "Navbahor" - "Paxtakor" 1:2

Jamoaning g'alabali seriyasiga oltinchi turga kelib Superliga debyutanti "Turon" barham berdi, 1:1. So'nggi ikki turda "Qo'qon-1912" yirik 3:0, safarda "Qizilqum" 1:0 hisobida taslim etildi. To'qqizinchi turdan so'ng "Paxtakor" 7ta g'alaba, 1ta durang, 22 ochko to'plagan holda birinchi o'rin bilan tanaffusga yo'l oldi. SHuningdek, jamoaning zaxirasida yana bir uchrashuv borligini eslatib o'tish joiz. Jamoada eng faol futbolchi Dragan CHeran bo'lib turibdi. Uning hisobida 6ta gol va 1ta assit bor. Poytaxt klubiga qolgan bahslarda "So'g'diyona", "Surxon", "Lokomotiv", "Bunyodkor" raqiblik qiladi. Demak, birinchi davraning so'nggi ikki turida Toshkent derbisini ko'ramiz. 

"So'g'diyona" - So'nggi uch mavsumga kelib oldingi yillarda jon saqlash uchun kurashgan "So'g'diyona"dan asar ham qolmadi. Yangi darajaga chiqqan ushbu klubda moliyaviy holat yaxshilandi, tarkibga tajribali futbolchilar jalb qilindi. Bosh murabbiy Ulug'bek Baqoev qo'l ostida ajoyib jamoa shakllantirdi. Dastlabki mavsumida to'rtinchi o'rin band qilingan bo'lsa, o'tgan yili oltinchi o'rinni egalladi. Avvallari "So'g'diyona"ning yuqori o'rinlarda yurishini ko'rish faqat orzu hisoblanardi, xolos. Jamoaning joriy yil chempionatdagi ishtiroki shunchaki zo'r. Baqoev shogirdlari hali mag'lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda, 9ta turda 3ta durang, 6ta g'alaba. Darhaqiqat jamoaning o'yinida Ulug'bek Baqoevning imzosi yaqqol ko'rinib turibdi. Umuman olganda Mirjalol Qosimov singari Baqoev ham natija keltira oladigan murabbiy sifatida shakllanmoqda, desak mubolag'a bo'lmaydi. Lekin oldinda jamoani yanada kuchli raqiblarga qarshi to'qnashuvlar kutmoqda. Quyida 9-turgacha bo'lgan uchrashuvlar natijasi  keltirilgan. 

1-tur. "Navbahor" - "So'g'diyona". 0:1

2-tur. "So'g'diyona" - "Turon" 1:0

3-tur. "Qizilqum" - "So'g'diyona" 1:1

4-tur. "So'g'diyona" - "Surxon" 2:1

5-tur. "Bunyodkor" - "So'g'diyona" 2:2

6-tur. "So'g'diyona" -  "Mashal" 2:2

7-tur. "Metallurg" - "So'g'diyona" 0:2

8-tur. "So'g'diyona" - "Andijon" 4:1

9-tur. "Qo'qon-1912" - "So'g'diyona" 2:3

Keyingi to'rtta turda Jizzax bosh jamoasining haqiqiy kuchi sinovdan o'tkaziladi. SHundan keyingina biroz to'liqroq xulosaga kelishimiz mumkin. Baqoev shogirdlarining navbatdagi raqiblari AGMK, "Nasaf", "Paxtakor" va "Lokomotiv". Ayni paytda "So'g'diyona" turnir jadvalida 21 ochko bilan ikkinchi pog'onada ketmoqda. Tarkibda Hasanov va Norxonov tandemi muvaffaqiyatli harakat qilmoqda. SHohruz Norxonov 7ta gol bilan nafaqat jamoasining, balki Superliganing eng yaxshi to'purari bo'lib turibdi. 

AGMK - Bu jamoa haqida ortiqcha to'xtalishning hojati yo'q, deb o'ylayman. Mirjalol Qosimov qo'l ostida bu yil mahoratli ijrochilar jamlandi. CHempionatda ishlari bir tekisda ketmoqda. Faqatgina olmaliqliklarga mudofaa chizig'idagi hususan markaziy himoyadagi muammolar pand bermoqda (8ta o'yinda 9ta gol o'tkazib yuborilgan). Mazkur kamchilik OCHLda ham bilindi (6ta uchrashuvda 13ta to'p o'tkazib yuborilgan). Qishki transferlar oynasida asosan oldingi chiziqni kuchaytrishga harakat qilgani AGMK markaziy himoyachi olmadi. Odatda Mirjalol Qosimov o'zi boshqargan klublarda orqa chiziqda legioner xizmatidan foydalangan .  Agarda jamoa yozgi transferlar oynasida ushbu bo'shliqni to'ldirsa maqsadga muvofiq bo'lardi. "Konchilar"ni oldinda "Metallurg", "Andijon", "Qo'qon-1912", "So'g'diyona"ga qarshi uchrashuvlar kutib turibdi. Zaxirada yana bitta o'yin borligini eslatib o'tamiz. Qolgan jamoalarga hurmatni saqlagan holda AGMKda birinchi davrani kuchli uchlikda yakunlash imkoniyati yuqori. Jamoada Sanjar Tursunov 3ta gol bilan to'purar bo'lib turibdi. Superligadagi natijasi: 8ta o'yin, 5ta g'alaba, 1ta durang va 2ta mag'lubiyat.  16 ochko, 3 o'rin.

1-tur. AGMK - "Lokomotiv" 2:1

2-tur. "Nasaf" - AGMK 1:1

3-tur. AGMK - "Paxtakor" 0:3

4-tur. AGMK - "Navbahor" 2:1

5-tur. "Turon" - AGMK 0:1

7-tur. "Surxon" - AGMK 0:1

8-tur. AGMK - "Bunyodkor" 3:1

9-tur. "Mashal" - AGMK 2:1

"Lokomotiv" - Portugaliyalik murabbiy Mikael Sekeyra boshchiligida yangi davrni boshlagan "temiryo'chilar"ning mavsum startidagi natijalari qoniqarli ko'rinish olmadi. 5-turga kelibgina jamoa mavsumdagi birinchi g'alabasini qo'lga kiritdi. Mana shu bahs "Lokomotiv" uchun burilish nuqtasi bo'la oldi, deya olamiz. SHundan so'ng kubok bahslari bilan hisobga olganda 6ta bahsda mag'lubiyatga uchramadi. Ushbu seriyaga Jasur Abduraimov boshchiligidagi "Metallurg" yakun yasadi. Hozirda Superligada egallab turgan o'rnini qaysidir manoda aldamchi desak ham bo'ladi. CHunki Sekeyraning salohiyatiga hali baho bera olmaymiz. Lekin maydonda futbolchilarning harakatidan o'z uslubini singdirayotganini sezish qiyin emas. Hususan ayrim futbolchilarning o'yinida o'sish ham kuzatilayotganini ko'rmoqdamiz. Temurxo'ja Abduxoliqov avvalgi mavsumlarda deyarli maydondagi o'rni sezilmagandi. Hujumchida bu yil yaxshi sermahsullik qayd etmoqda (8ta o'yin, 5ta gol). Diyor Turopov (3ta gol, 1ta assist) va Aziz Amonov, jarohati bois "Paxtakor"da zaxirada qolib ketgan Javohir Sidiqov yana o'zining sport formasiga kirib boryapti (2ta gol, 1ta assist). Portugaliyalik mutaxassis qo'l ostidagi futbolchilarning kuchli tomonlaridan qanday foydalanishni bilmoqda. 

1-tur. AGMK - "Lokomotiv" 2:1

2-tur. "Lokomotiv" - "Navbahor" 1:2

3-tur. "Turon" - "Lokomotiv" 2:2

4-tur. "Lokomtiv" - "Qizilqum" 1:1

5-tur. "Surxon" - "Lokomotiv" 0:1

6-tur. "Lokomotiv" - "Bunyodkor" 2:1

7-tur. "Mashal" - "Lokomotiv" 1:4

8-tur. "Lokomotiv" - "Metallurg" 1:3

9-tur. "Andijon" - "Lokomotiv" 1:2

"Temiryo'lchilar" so'nggi to'rtta turda "Qo'qon-1912", "So'g'diyona", "Paxtakor", "Nasaf"ga qarshi maydonga tushadi. Principial va raqobatchilar bilan kechadigan o'yinlar Sekeyrani chig'iriqdan o'tkazadi. 

"Bunyodkor" - O'tgan yilning ikkinchi yarimida etiborsiz va qarovsiz qolib ketgan "Bunyodkor" yana ravon yo'lga qaytmoqda. Asosiy jamoaning natijalarini nazarda tutayotganimiz yo'q. Bu alohida masala. Klubga Ulug'bek Mirzaev qaytgach va Mehriddin Abdullaev prezident avvalo akademiyaga katta etibor qaratila boshlandi. Sir emaski, "Bunyodkor"ning asosiy ustun tomoni va yutug'i o'z akademiyasiga ega bo'lganligidadir. Bugungi kunda akademiya binosi to'liq tamirdan chiqarilmoqda. Bu albatta o'z yo'liga. Endi asosiy jamoaga to'xtalsak, to'g'ri qishda tarkibni bir qator futbolchilar tark etdi. Lekin tarkib o'zagi saqlanib qolindi. Asosiy yo'qotish  esa himoya chizig'iga to'g'ri kelmoqda. Yangi kelganlar esa hali to'liq kirishib keta olganicha yo'q. Ko'p narsa kutilgan Ibrohim Tomivani Superliga darajasidagi emasligi yaqqol ko'zga tashlandi (7ta o'yin 1ta gol). Qirg'izistonlik Odiljon Abdurahmonovning harakatlari yomon chiqmayotgandi. Biroq so'nggi o'yinlarda zaxira futbolchisiga aylandi. Jamoani yangi mavsumga Marat Miftaxutdinov va SHuhrat Maqsudov tayyorladi (agar shunday desak to'g'ri bo'lsa). Bosh murabbiylik Maqsudovning zimmasiga yuklatildi. Ammo Vadim Abramovning jamoa mashg'ulotlarini olib borayotgani va o'yin payti kiyinish xonasiga kirayotgani haqida gaplar qulog'imizga chalindi. SHuhrat Maqsudov jamoada qo'g'irchoq murabbiymi? Bu savolga uning o'zi matbuot anjumanida el og'ziga elak tutib bo'lmasligini, Abramovni esa terma jamoa bosh murabbiyi sifatida barcha jamoalardagi futbolchilarni nazorat qilishga haqqi borligini aytdi. Nima bo'lganda ham bu jamoaning zarariga ishlamasa bo'lgani. Oxiri baxayr bo'lsin deyishadi-ku. Natijalarga to'xtalsak, ko'rsatkichlar yaxshi emas. Har holda taqvim "Bunyodkor" uchun juda qulay kelgandi. Lekin ikkinchi turdayoq Bekobodda "Metallurg"dan mag'lubiyat qabul qilib olindi. "Qo'qon-1912" va "So'g'diyona" bilan murosa ko'chasi tanlandi. Derbida "Lokomotiv"ga uch ochko sovg'a qilindi. "Nasaf" mag'lubiyatga uchratilgan o'yinga ortiqcha etirozimiz yo'q. Kubokda Qarshida durang o'ynab kelgan jamoa, Superligada g'alaba qozondi. Biroq AGMK bilan bahs ko'pchilikda turli shubhalar uyg'otdi, deya olamiz. Birinchi bo'limda hisobda oldinda borayotgan "qaldirg'ochlar" ikkinchi bo'limda o'yini to'liq raqibga topshirdi. Balki davralar oralig'ida tarkib kuchaytirilsa hammasi iziga tushib ketar. Jamoada moliyaiviy tomondan qarzdorlik yo'q, hattoki klub prezidentining o'zi har uy uchrashuvini bevosita stadiondan kuzatmoqda. Bundan boshqa yana qanday etibor kerak? Menimcha maydonga tushib faqat natija ko'rsatish kerak, xolos. 

Superliga turnir jadvalida 3ta g'alaba, 3ta durang, 3ta mag'lubiyat bilan 12 ochko to'plagan, 6 o'rinda ketmoqda. Xurshid G'iyosov 3ta gol bilan to'purar bo'lib turibdi. Navbatdagi turdagi uchrashuvlari: "Turon", "Qizilqum", "Surxon", "Paxtakor". 

1-tur. "Bunyodkor" - "Mashal" 1:0

2-tur. "Metallurg" - "Bunyodkor" 1:0

3-tur. "Bunyodkor" - "Andijon" 3:1

4-tur. "Qo'qon-1912" - "Bunyodkor" 0:0

5-tur. "Bunyodkor" - "So'g'diyona" 2:2

6-tur. "Lokomotiv" - "Bunyodkor" 2:1

7-tur. "Bunyodkor" - "Nasaf" 2:0

8-tur. AGMK - "Bunyodkor" 3:1

9-tur. "Bunyodkor" - "Navbahor" 0:0

"Metallurg" - Uch mavsumdan beri Superligada o'rta o'rinlarni egallab kelayotgan "Metallurg" ham to'g'ri yo'ldan ketmoqda. Klub moliyaviy holat yaxshi paytida o'z maktabiga etibor beryapti. Buning natijasida so'nggi uch yilda asosiy tarkibda 10ga yaqin yosh iqtidorli futbolchilar debyut qilganini so'zimizga isbot bo'la oladi. Bu mavsumga jamoani Andrey SHipilov tayyorlaganiga qaramasdan ilk turda "Surxon"dan qabul qilib olingan mag'lubiyatdan so'ng murabbiyga chiqish eshiklari ko'rsatildi. Yangi tayinlangan Jasur Abduraimov esa tez fursatda o'z uslubini va falsafasini jamoaga singdira oldi. Jamoa avvalgiga qaraganda ko'proq taktik va hujumkor futbol ko'rsatmoqda. Statistika: 6ta o'yinda 3ta g'alaba, 3ta mag'lubiyat. Superligada 5 o'rinni o'ziniki qilib turibdi. 9-turdan o'rin olgan "Nasaf" bilan bahsdan tashqari navbatdagi turlarda AGMK, "Navbahor", "Turon", "Qizilqum" bilan to'qnash keladi. Fakt: "Metallurg" Superligada durang qayd etmagan yagona jamoa bo'lib turibdi. 

1-tur. "Surxon" - "Metallurg" 1:0

2-tur. "Metallurg" - "Bunyodkor" 1:0

3-tur. "Mashal" - "Metallurg" 2:1

4-tur. "Paxtakor" - "Metallurg" 2:1

5-tur. "Metallurg" - "Andijon" 2:0

6-tur. "Qo'qon-1912" - "Metallurg" 0:1

7-tur. "Metallurg" - "So'g'diyona" 0:2

8-tur. "Lokomotiv" - "Metallurg" 1:3

Maqolaning ikkinchi qismini tez orada etiboringizga havola qilamiz. Bizni kuzatishda davom eting!

Abdulaziz Iskandarov

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика