So’nggi yangiliklar

21:59Суперлига. "Насаф" тур марказий баҳсида ОКМКни ютиб, жадвалдаги етакчиликни тортиб олди  43 21:23Аморим жамоага тезкор футболчиларни олиб келмоқчи  0 20:54Суперлига. "Андижон" "Бобур Арена"да "Сурхон"ни енгиб ғалабасиз сериясига барҳам берди  43 20:19"Реал" Модричга ўринбосар топди  1 19:55Диалло МЮ мухлисларига ваъда берди  2 19:33Анчелотти: "Футбол ҳаёти шундай – вақти келиб ҳар қандай авлод кетади"  1 19:11"Насаф" мухлисларга 3 та соврин билан суратга тушиш имконини яратди  1 18:35Ўзбекистон Кубоги. 1/8 финал босқичига қуръа ташланди: "Қўқон-1912" ўз уйида "Бунёдкор"ни қабул қилади, "Навбаҳор" меҳмонда "Хоразм" билан ўйнайди  11 18:21"Реал" президенти: "Карло Анчелотти энди буюк Мадрид оиласининг абадий аъзосига айланди"  5 17:52Суперлига. 11-тур дисквалификациялари: "Насаф", "Нефтчи" ва "Андижон"да йўқотишлар бор  4 17:33УЕФА Европа Лигаси финалидан сўнг "Тоттенхэм"га медаллар етмай қолгани учун узр сўради  11 17:04Томас Тухель Андорра ва Сенегалга қарши ўйинлар учун Англия терма жамоасига чақирилган 26 нафар футболчи номини айтди. Улар орасида Тоуни ҳам бор  5 16:37Роналду Модричга мурожаат қилди: "Реал"да кўп лаҳзаларни сен билан баҳам кўриш мен учун шараф бўлган"  10 16:16Ўзбекистон кубоги. Бугун 1/8 финалга қуръа ташланади  1 16:05Перес: "Модрич "Реал" мухлислари қалбида мангу сақланиб қолади"  5

Kiberfutbol: PCFLning Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari uchun saralash bosqichi bo'lib o'tdi Yangiliklar

Kiberfutbol: PCFLning Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari uchun saralash bosqichi bo'lib o'tdi

UFF va PFL ko'magida "Virtual Football" kompaniyasi tashkil etayotgan PCFL (Professional Cyber Football League) ligasining ilk mavsumida qatnashish uchun Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi saralashi bo'lib o'tdi.

Qarshi shahridagi "Nasaf" stadionida o'tkazilgan saralash bahslarida 24 nafar kiberfutbolchi qatnashdi.











Ushbu ishtirokchilar 4 guruhga bo'lindi.


O'z guruhida birinchi va ikkinchi o'rinni egallaganlar chorak finalga yo'llanma olishdi.



Kecha "Nasaf" kiberfutbolchilariga aylangan Turdiqulov Ilhom va Umarov Hislat yarim finalda bir-biriga raqib bo'ldi.


Ushbu qarama-qarshilikda Turdiqulov Ilhomning qo'li baland keldi. Ikkinchi yarim finalda esa Hayrutdinov Oybek Murodov Akmalni mag'lub etdi. "Nasaf" kiberfutbolchisi final uchrashuvida Oybekni taslim etib, saralash g'olibiga aylandi. Yarim finalgacha etib kelgan barcha o'yinchilar Grand final yo'llanmalariga ega bo'lishdi.



1-o'rin. Turdiqulov Ilhom ("Nasaf").



2-o'rin. Hayrutdinov Oybek.



3-o'rin. Umarov Hislat ("Nasaf").

4-o'rin. Murodov Akmal.


"Virtual Football" kompaniyasi saralash o'yinlarini o'tkazishda yaqindan yordam bergan "Nasaf" futbol klubi, "Nasaf" stadioni hamda qolgan barcha insonlarga o'z minnatdorchiligini bildiradi.

Viloyat va shahar saralash o'yinlarida g'olib bo'lganlar Respublika Grand finaliga yo'l oladi. Grand finalda kuchli 20 talikka kirgan ishtirokchilar avtomatik ravishda Oliy ligada qatnashish huquqini qo'lga kiritishadi. Kuchli 40 talikka kirgan qolgan 20 ishtirokchi esa birinchi liga qatnashchisiga aylanadi.

Ikkala liga o'yinlari professional futbol kabi 7-8 oy davom etishi va televideniya hamda barcha OAVlarda yoritib borilishi rejalashtirilgan.

Ushbu loyihadan maqsad O'zbekiston futboli rivojiga hissa qo'shish orqali yoshlarning bo'sh vaqtini maroqli va mazmunli o'tkazishga yordam berish. SHu bilan birga kirebfutbol bo'yicha O'zbekiston bayrog'ini jahon arenalarida baland ko'tarish.

Eslatib o'tamiz, kiberfutbol bahslari FIFA 16 o'yini bo'yicha PS4 (PlayStation 4) konsolida o'tkaziladi.

Toshkent shahri va boshqa viloyatlar saralash o'yinlari haqida batafsil malumotni bu erda olishingiz mumkin: Barcha viloyatlar saralash bosqichi muddatlari


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика