Kiberfutbol. “Madridista Uzbekistan” kecha “UzArena”da o'zining 2 yilligini nishonladi (2-qism)
31 jan 2017 10:30
Yangiliklar
Kiberfutbol. “Madridista Uzbekistan” kecha “UzArena”da o'zining 2 yilligini nishonladi (2-qism)
Kiberfutbol. “Madridista Uzbekistan” kecha “UzArena”da o'zining 2 yilligini nishonladi (1-qism)
Bizning eng asosiy maqsadimiz O'zbekiston futbolining rivoji uchun o'z xissamizni qo'shish”, - deydi Assosiaciya prezidenti Azizbek Pattaxov.
“Madridista Uzbekistan” fan klubi sardori Bahodir Solixov tadbir haqida o'z fikrlarini va “Barsamaniya” fan klubi bilan tuzilgan o'zaro do'stlik rishtasi haqida so'zlab o'tdi.
“Biz “Barselona” klubi muxlislari bilan kuni kecha “fanatizm” yani bir-biriga qarama-qarshilik degan narsani yo'q qildik, deb ayta olaman. To'g'ri, biz hozircha “Madridista Uzbekistan” va “Barsamaniya” fan klubi bilan hamkorlikda bunday narsani yo'q qildik. Endi navbatdagi maqsadimiz bunday narsani poytaxtda yo'q qilish. Keyin esa sekin-asta viliyatlarda ham mana shunday tushunchani isnonlar ongidan umuman o'chirib tashlamoqchimiz. Kelajakdagi oliy maqsadimiz O'zbekistonda “Barselona” va “Real Madrid” jamoalari fan klubi o'zaro do'stona aloqada ekanligini butun dunyoga ko'rsatib bermoqchimiz. Biz “Barsamaniya” fan klubi azolari bilan aloqaga chiqib mana shunday do'stlik aloqalarini amalga oshirishni aytib o'tgandik. CHunki “Barsamaniya” fan klubi azolari o'zimizni aka-ukalarimiz va yaqin do'stlarimiz hisoblanishadi. Ular bilan bir dasturxon atrofida o'tirganimizda mana shu do'stlik rishtalarini qanchon bog'laymiz deb rejalashtirardik. CHunki, telegram tarmog'idagi guruhlarda bir-birimizni xaqorat qilib urushishimiz jonimizga tegib ketgandi. SHunga barham berishni o'ylab mana shu ishga qo'l urdik. Ushbu tadbirimiz boshqa joyda ham bo'lishi mumkin edi, “UzArena”da ushbu tadbir bo'lib o'tgani bizni quvotirdi. Ushbu loyihani amalga oshirishda o'z yordamini ayamagani uchun “Barsamaniya” fan klubi sardori Adilov Otabekga minnatdorchilik bildiraman. Nasib qilsa viloyatlarda ham o'z filiallarimizni tashkil etmoqchimiz. Biz Evropa chempionlar ligasida “Barselona” jamoasiga muxlislik qilamiz. CHunki ECHLda faqat Ispaniya jamoalari g'alaba qozonishsin. Mayli “Barselona” ECHLni olsin biz esa Ispaniya chempionligini qo'lga kiritaylik. “Real Madrid” anchadan beri ichki chempionatda g'olib bo'la olmayabdi. SHuning uchun ham ECHL g'olibligini bu yil “Barselona” qo'lga kiritsin”, - deydi “Madridista Uzbekistan” sardori Bahodir Solixov.
“Barsamaniya” klubi sardori Otabek Adilov fan klublar o'zaro do'stlik rishtasi qanday bog'langanligi haqida gapirib o'tdi.
“To'g'risini aytaman, bu biz o'ylaganchalik oson narsa emas. Bizning yurtdoshlarimiz ham mana shu narsaga juda ham kuchli berilib ketishgan. Ikki klub vakillari bir joyga yig'ilib qolishsa bir-birini ustidan kulib, masxaralab o'tirishadi. Bu narsa barcha erda uchrab turadi. Ikkala jamoa fan klubi orasida qo'shtirnoq ichidagi “aqlli” muxlislar yo'q ham emas. Biz ijtimoiy tarmoq orqali do'stona munosabatlarimizni foto va video orqali keng ommaga taqdim etsak, muxlislarning ongida ijobiy fikrlar paydo bo'ladi. Biz “Barsamaniya” fan klubini tashkil qilganimizda “Barselona” muxlislari orasida “antimadrid” degan tushuncha bor edi. Biz ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz va guruhlarimizda qoidalar yozib qo'yib, mana shu tushunchani yo'q qilishga erishdik. Agarda guruhimiz azolaridan kimdir “Real Madrid” klubini yoki muxlislarini xaqorat qilib kamsitishsa biz o'sha insonni guruhimizdan chetlatyapmiz. Mana shunday muxlislar o'zi tushunib etib salbiy fikr uning ongidan chiqib ketyabdi. Bizning fan klubda “antimadrid” degan tushuncha deyarli qolmagan. Kelajakda bo'ladigan el-klassikolarning barchasini “UzArena”da ko'rishni kelishib oldik. Biz bu loyihamiz bilan futbolimizga o'z xissamizni qo'shmoqchimiz. Barcha yaxshi biladi ichki chempionat bahslarida poytaxt jamoalarini qo'llab-quvvatlash uchun juda ham kam sonli muxlislar stadionlarga tashrif buyurishadi. Biz o'z safimizni kengaytirib ikki fan klub sardorlari o'z guruhidagi yigitlar bilan birga, ichki chempionatimizni yana ham qizitish uchun, guruhimizdagi barchani poytaxtdagi stadionlarida bo'lib o'tadigan o'yinlarga olib tushmoqchimiz. Nasib qilsa bu narsani OCHL bahslaridan boshlamoqchimiz. O'zbekistondagi “Real Madrid” va “Barselona” muxlislarini bir-biri bilan qalin do'st ekanliklarini butun dunyo ko'rib qo'ysin”, - deydi “Barsamaniya” klubi sardori Otabek Adilov.
Tadbir mehmoni ustoz sharhlovchi Mirzahakim To'xtamirzaev ikki jamoa fan klublari o'rtasidagi mana shunday do'stlik munosabati haqida o'z fikrini bildirdi.
“Hammamiz ezgu niyatimiz amalga oshsin, O'zbekiston terma jamoasi Rossiyada bo'lib o'tadigan Jahon chempionatiga borsin! Bu birinchisi. El-klassikoga borib kelayotganlarni eshitib rosa xursand bo'ldim. Bugungi gapni eshitib rosa ham sevindim. Sababi, siz qaerga borsangiz sizdan Barsamisiz yoki Realmisiz deyishadi. Agarda chinakam futbol, hujumkor va qiziqarli futbol tomosha qilsak, menimcha hamma mazza qiladi. Biz yoqtirgan jamoa har doim ham g'alaba qozonavermaydi. Futbol shunisi bilan qiziq. Meni eng quvontiradigan narsa, futbolga ishqiboz bo'lgan odam hech qachon yomon yo'lga yurmaydi. SHuning uchun u mini futbol bo'ladimi, katta futbol bo'ladimi yoki bo'lmasam kiberfutbol bo'ladimi mana shu spor turi bilan shug'ullanadiganlar ko'paysin. Sizlar bilan hamisha xursandchilikda ko'rishish nasib qilsin”, - deydi Mirzahakim To'xtamirzaev.
Jahongir Sotvoldiev
Kiberfutbol. “Madridista Uzbekistan” kecha “UzArena”da o'zining 2 yilligini nishonladi (1-qism)
Fikrlar