Keza umumiy guruh mashg'ulotlarining bir qismida qatnashdi
04 okt 2022 14:17
Yangiliklar
Keza umumiy guruh mashg'ulotlarining bir qismida qatnashdi
"Yuventus" vingeri Federiko Keza umumiy guruhda mashg'ulotlarni boshlash uchun ruxsat oldi, biroq cheklovlar bilan, deb xabar berdi "Tuttosport".
24 yoshli italiyalik futbolchi shu yil boshida chap tizzasining xochsimon mushagidan olgan jarohati tufayli operaciya qilingan edi.
Italiya terma jamoasi futbolchisi oxirgi marta 9 yanvar kuni maydonga tushgandi. O'tgan mavsumda u A Seriyada 14 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan.
Kezaning "Yuventus" bilan kelishuvi 2025 yilning o'rtalariga qadar amal qiladi.
Fikrlar