Keza: "Italiya Kubogi "Yuventus" uchun muhimdir"
28 jan 2021 14:10
Yangiliklar


Keza: "Italiya Kubogi "Yuventus" uchun muhimdir"
"Yuventus" forvardi Federiko Keza Italiya Kubogi 1/4 final diorasidagi SPALga qarshi o'yindagi g'alaba haqida gapirdi.
"Yuventus" Italiya Kubogida imkon qadar uzoqqa borishga bel bog'lagan. Bu musobaqa biz uchun muhimdir. Jamoa sovrin yutmoqchi, ammo biz hozir "Sampdoriya"ga qarshi o'yinga ahamiyatimizni qaratishimiz kerak.
SHundan so'ng yarim final haqida o'ylaymiz. "Yuventus"da juda tig'iz taqvim, ammo biz har qanday qiyinchilikka tayyormiz", - deydi hujumchi.
Andrea Pirlo jamoasi Italiya Kubogi 1/2 final doirasida Milanning "Inter" jamoasi bilan kuch sinashadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar