Keyta Balde Rossiyaga ketishdan oldin sankciyaga uchradi
19 sen 2022 17:19
Yangiliklar
Keyta Balde Rossiyaga ketishdan oldin sankciyaga uchradi
Senegallik yulduz Keyta Balde sobiq jamoasi "Kalyari"da doping bo'yicha ayblangani tufayli Qatardari JCHni o'tkazib yuboradi.
Qanot hujumchisi aprel oyida Italiya klubida doping bo'yicha test topshirgan va natija salbiy bo'lgan. Biroq 27 yoshli futbolchi malum muddatga diskvalifikaciya qilingan.
Tekshiruv mutlaq aksini ko'rsatsa-da, Italiya Milliy Antidoping Sudi uni protokolni buzganlikda aybladi. Bu cheklov dekabr oyi boshiga qadar amal qiladi. "Spartak" klubi rasmiy bayonotida u 5 dekabrgacha chetlatilgani aytilgan.
Intizom kodeksiga binoan barcha milliy va xalqaro antidoping tashkilotlari tomonidan kiritilgan har qanday jazoni FIFA avtomatik qabul qiladi. Bu barcha konfederaciyalar va associaciyalar tomonidan tan olinishi shart.
SHunga ko'ra, Italiya antidoping tashkiloti ko'llagan sankciya RFI tomonidan ham tan olinishi kerak.
Fikrlar