So’nggi yangiliklar

14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  1 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  3 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  3 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  5 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   7 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  22 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  2 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  3

Keyrush Italiya yig'iniga chaqirilgan 25 nafar futbolchi nomini elon qildi Yangiliklar

Keyrush Italiya yig'iniga chaqirilgan 25 nafar futbolchi nomini elon qildi

Teglar :  Karlush KeyrushEron
Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Karlush Keyrush Italiya yig'inida ishtirok etadigan 25 nafar futbolchidan iborat tarkibni elon qildi.

JCH-2018 3-saralash bosqichidagi raqib – Eron terma jamoasi saralashning ilk o'yinlariga tayyorgarliknining so'nggi bosqichini boshladi. Karlush Keyrush jamosi Qatar hamda Xitoy terma jamoalariga qarshi o'yinlarga Italiyadagi yig'in orqali tayyorgarlik ko'radi. Eron terma jamoasi ustozi Italiyaga jo'nab ketish oldidan Tehrondagi "Ozodiy" stadioni anjumanlar zalida OAV vakillari bilan uchrashdi va Italiya yig'iniga jalb etilgan 25 nafar futbolchi nomini elon qildi.

Aynan Italiyadagi yig'indan so'ng Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Qatar hamda Xitoyga qarshi o'yinlar uchun yakuniy tarkibni saralab olishini malum qildi.

Eslatib o'tamiz, Eron terma jamoasi JCH-2018 so'nggi saralash bosqichini 1 sentyabr kuni o'z maydonida Qatar terma jamoasiga qarshi o'yin bilan boshlaydi. O'zbekiston milliy terma jamoasi ham saralash bahslarini 1 sentyabr kuni o'z maydonida Suriyaga qarshi o'yin bilan boshlaydi.

Eron terma jamoasining Italiyadagi yig'iniga chaqirilgan futbolchilar ro'yxati:

Darvozabonlar:
Alirizo Bayranvand, Muhammadrizo Axboriy, Rashid Mozohiriy.

Himoyachilar: Sayid Jalol Hussayniy, Pejman Montaziriy, Murtazo Purali Ganjiy, Muhammad Toyibiy, Ehson Hojisofiy, Ramin Rizoyon, Purya G'ofuriy, Sayid Og'oiy va Muhammad Ansoriy.

Yarim himoyachilar: Andranik Teymuryan, Kamol Kamyobiniya, Dariush SHojaiyan, Umid Ibrohimiy, Izzatulloh Purg'oz.

Hujumchilar: Ashkan Dejaga, Rahim Zavihiy, Mehdi Turobiy, Vohid Amiriy, Mehdi Tarumiy, Ehson Pahlovon, Surush Rofeiy, Murtazo Tabriziy.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика