Keyrush Eron termasi yig'inidan 7 futbolchini Tehronga qaytarib yubordi

Narzulla Saydullayev
6 yanv 2017, 15:23
Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Karlush Keyrush Eron terma jamoasining Dubaydagi yig'inidan 7 futbolchini Tehronga jo'natdi.

"Persepolis" ustozi Branko Ivankovich terma jamoa avvaldan rejalashtirilmagan yig'in sababli 7 nafar o'yinchisining jalb etilganidan noroziligi ta'kidlab o'tgandi. Dubayga yetib borgandan keyin Keyrush ushbu klub a'zolarini Tehronga jo'nab ketishlari mumkinligini bildirgan.

Shu bilan birga terma jamoa nazorati ostida bo'lmagan futbolchilar boshqalardan kamroq imkoniyatga ega bo'lishi haqida ma'lum qilgan. Shu tariqa Alirizo Beyranvand, Ramin Rizoiyan, Said Hussayni, Muhammad Ansari, Vohid Amiri, Kamol Kamyabiniya va Mehdi Taromilar yana klub ixtiyoriga qaytgan.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia