

"Persepolis" ustozi Branko Ivankovich terma jamoa avvaldan rejalashtirilmagan yig'in sababli 7 nafar o'yinchisining jalb etilganidan noroziligi ta'kidlab o'tgandi. Dubayga yetib borgandan keyin Keyrush ushbu klub a'zolarini Tehronga jo'nab ketishlari mumkinligini bildirgan.
Shu bilan birga terma jamoa nazorati ostida bo'lmagan futbolchilar boshqalardan kamroq imkoniyatga ega bo'lishi haqida ma'lum qilgan. Shu tariqa Alirizo Beyranvand, Ramin Rizoiyan, Said Hussayni, Muhammad Ansari, Vohid Amiri, Kamol Kamyabiniya va Mehdi Taromilar yana klub ixtiyoriga qaytgan.




