Keyn to'p bilan ishlashni boshladi
21 okt 2016 20:00
Yangiliklar
Keyn to'p bilan ishlashni boshladi
"Tottenxem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino jamoa futbolchisi Garri Keynning tiklanish jarayoni rejadagidek ketayotganidan mamnun ekanligini aytib o'tdi.
"Keynning tiklanish jarayoni yaxshi ketmoqda. Bundan xursandmiz. Bugun u to'p bilan ishlashni boshladi. To'qqizinchi turda u maydonga tushmasa kerak. Lekin, shifokorlar ruhsat berishlaribilan Keyn asosiy tarkibda paydo bo'ladi", - deydi murabbiy.
Fikrlar