Keyn: "Mos futbolchi topa olmasak, umuman hech kimni xarid qilmagan maqul"
28 dek 2018 11:15
Yangiliklar
Keyn: "Mos futbolchi topa olmasak, umuman hech kimni xarid qilmagan maqul"
"Tottenxem" hujumchisi Garri Keynning fikricha, jamoada futbolchi sotib olishga muhtoj emas.
"Agar mos futbolchi topa olmasak, umuman hech kimni xarid qilmagan maqul. Murabbiyimizning falsafasi shunday. Yozda u shunday qildi. Tarkibimizga ishondi va hozir hammasi yaxshi.
Ko'ramiz, qishki transfer oynasida nima bo'lar ekan. Agar rahbariyat kimnidir sotib olmoqchi bo'lsa, bu amalga oshishi mumkin. Agar bunday bo'lmasa, o'z ishimizni avvalgidek davom ettiramiz. Har qanday holatga tayyormiz" - deydi Keyn.
Eslatib o'tamiz, "Tottenxem" yozda hech kimni sotib olmadi va o'z futbolchisini pullamadi.
Fikrlar