Keyn "Bavariya"ga o'tishga qarshi emas
13 sen 2022 15:25
Yangiliklar
Keyn "Bavariya"ga o'tishga qarshi emas
Hujumchi Harri Keyn kelasi yozda "Tottenxem"dan "Bavariya"ga o'tishi mumkin.
29 yoshli hujumchi Myunxen klubining keyingi transfer oynasidagi asosiy maqsadi bo'ladi.
Bu masala bo'yicha munozaralar allaqachon olib borilmoqda. Ayni damda "Bavariya" markaziy hujumchi kerakmi yoki yo'qligini hal qilmagan. Ammo agar klub bu poziciya uchun futbolchi sotib olish zarur deb hisoblasa, Keyn asosiy variant bo'ladi.
"Bavariya" allaqachon hujumchi CHarlining agenti bo'lib ishlayotgan akasi bilan aloqaga chiqqan.
Qayd etilishicha, hujumchi "Bavariya"ga o'tishga qarshi emas.
"Tottenxem" tarbiyalanuvchisi joriy mavsum klub safida barcha musobaqalarda 7 ta o'yinda 5 ta gol urdi.
Fikrlar