Keyn: "Angliya termasida sovrin yutmasdan faoliyatimni yakunlashni istamayman"
04 iyu 2021 00:33
Yangiliklar
Keyn: "Angliya termasida sovrin yutmasdan faoliyatimni yakunlashni istamayman"
"Tottenxem" forvardi Xarri Keyn Angliya termasi bilan birga sovrinlar qo'lga kiritishni istamoqda.
"Umid qilamanki, bu gaplarni aytayotganimdan onam xafa bo'lmaydilar. Onam 1966 yilda tug'ilganlar, otam esa 1964 yilda. Yani, Angliya JCHni yutganida otam 2 yoshda bo'lganlar. SHundan buyon Angliya termasi hech nima yutgani yo'q.
Angliya bilan sovrin qo'lga kiritmasdan, faoliyatimni yakunlasam - hayotimdagi eng yomon holat bo'ladi. Biz hali rivojlanishimiz kerak. Oldimizga yuqori maqsadlar qo'yganmiz", - dedi Keyn.
Fikrlar