Keyingi 6 yil Ispaniya Superkubogi Osiyo mamlakatida o'tkaziladi
24 apr 2019 16:14
Yangiliklar


Keyingi 6 yil Ispaniya Superkubogi Osiyo mamlakatida o'tkaziladi
Joriy mavsum boshlanishidan oldin "Sevilya" hamda "Barselona" o'rtasidagi Ispaniya Superkubogi Marokashda bo'lgan edi.
Usha bahsda Kataloniya klubi 2:1 hisobida g'alaba qozonib, sovrinni qo'lga kiritgan edi.
Malumotlarga ko'ra, keyingi 6 yil ham Ispaniya Superkubogi mamlakat tashqarisida o'tkaziladi. Ushbu o'yinga Saudiya Arabistoni mezbonlik qilishi aytilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Ispaniya Superkubogida g'olib bo'lish bo'yicha "Barselona" rekordchi hisoblanadi. Ular 13 marta sovrinni qo'lga kiritishgan, "Real" esa 10 marta.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar