Kessie "Milan" bilan xayrlashdi
27 may 2022 22:41
Yangiliklar
25 yoshli yarim himoyachi shartnoma muddati yakunlangach, italyan klubini tark etmoqda.
Ivuarlik futbolchi faoliyatini "Barselona"da davom ettiradi, u kataloniyaliklar bilan 4 yillik shartnomaga kelishib olgan.
“Klubdagi besh yillik faoliyatimdan so'ng, bundan ayanchliroq ajralishni tasavvur qila olmaysiz. Biz Italiya chempion bo'ldik — bu butkul o'zgacha his-tuyg'u.
Men ushbu mashhur futbolkani g'urur bilan kiyib, ajoyib jamoadoshlar bilan shu yo'lni bosib o'tdim.
Hammasi uchun rahmat! Barchangizga rahmat!", — deb yozadi Kessie Instagram sahifasida.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar