So’nggi yangiliklar

17:58"Арсенал" Мойзе Кинни 52 млн еврога харид қилиши мумкин  0 17:30U-20 Осиё кубоги. Корея Республикаси – Ўзбекистон (матнли трансляция)  146 17:21АПЛнинг икки гранди де Йонгнинг трансфери бўйича "Барселона" билан боғланди  0 16:55Ўртоқлик ўйини. "Нефтчи" Молдова жамоасини мағлуб этди  4 16:04U-20 Осиё кубоги. Япония пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, ярим финалга ва ЖЧга йўлланма олди!  11 15:53"Комо" — "Наполи". Таркиблар маълум  0 15:37Зайниддин Тожиевнинг ўғли Беларусь клубида кўрикдан ўтмоқда  10 15:22"Фейеноорд" ван Персини жамоанинг янги бош мураббийи деб эълон қилди  3 14:48"Pink Ladies Cup 2025". Ўзбекистон 2-турда Иордания устидан ғалаба қозонди, вакилларимиз илк турда Корея Республикасига мағлуб бўлганди  0 14:28"Манчестер Юнайтед" ёзда Осимхен учун 75 млн евро тўлашга тайёр  3 14:02Гвардиола: "Ҳаётлигимда ҳеч ким АПЛни кетма-кет тўрт марта ютмайди"  29 13:38Интервью. Анвар Бердиев: "Ҳеч қайси рақиб "Шўртан"га оддий жамоа сифатида қарамаслиги керак"  1 13:21Интервью. Сардор Абдураимов: "Нефтчи"да захирада ўтиргандан, "Машъал"да асосий таркибда ўрнимга эга бўлиш яхшироқ"  0 12:57Рамос "Монтеррей" сафида дебют қилди. 38 ёшли ҳимоячи майдонда 80 дақиқа ўйнади  0 12:32Ван Дейк "Реал"га йўл олиши мумкин  4

Kessening harakati – otasi sharafiga. U Frank 11 yosh bo'lganida urushda vafot etgan (mutolaa uchun) Yangiliklar

Kessening harakati – otasi sharafiga. U Frank 11 yosh bo'lganida urushda vafot etgan (mutolaa uchun)

Har bir golini shunday nishonlaydi.

Frank Kesse ehtimol "Barselona"ning joriy mavsum La Ligadagi eng asosiy golini urgandir – uning klasikodagi zarbasi g'alaba olib keldi va jadvalda 12 ochkolik farqni hosil qildi.

Yarim himoyachi uni o'zining harakati bilan nishonladi.



U gollarni bunday tarzda faqatgina "Barsa"da emas, balki "Milan" va "Atalanta"da ham nishonlagan.

Uning ortida Frank uchun muhim voqea yotadi.


Kessening otasi Kot-d'Ivuar chempionatida o'ynagan, so'ngra armiyaga yo'l olgan. Frank uning o'limidan so'ng futbolchi bo'lishga qaror qilgan

Frank futbolni tayanch yarim himoyachi bo'lgan va Kot-d'Ivuar chempionatida o'ynagan otasi sabab sevib qolgan. Yigitcha 10 yoshida akademiyaga yozilgan – kichik Uragaxio (Frank u erda tug'ilgan)dan mamlakatning asosiy megapolisi bo'lmish Abidjanga borishga to'g'ri kelgan. Yo'lga bir tomonga 3,5 soatdan vaqt ketgan, ular onasi bilan avtobusda borishgan.

Kesse 11 yosh bo'lganda, otasi vafot etgan. Frank bu haqda shunday degan:

"Uning yo'lidan ketdim va undan ham uzoqroqqa bordim, sababi otam hech qachon Evropada o'ynamagan, - degandi Kesse 2021 yilning aprelida Sportweek'ga bergan intervyusida. – Maydondagi rolim ozmi-ko'pmi unikiga o'xshash. Bolaligimda ko'proq mudofaada o'ynagan bo'lsam ham, intuitiv tarzda o'xshash poziciyani tanladim.

Uni kasallik olib ketdi. U o'lganda, men tezroq katta bo'lishimga to'g'ri keldi, garchi oilada etti farzandning eng kichigi bo'lsam ham – mening uchta akam va uchta opam bor. Futbol og'riqni engishda yordam berdi. U hech qachon ketmaydi, ammo hayot davom etadi.



Uning meni qanday maktabga olib borganini eslayman. Gol urganimda harbiycha salomni ko'rsataman va bu haqda o'ylayman. Uning bizga mehmonlar kelganda, shunday qilganini ko'rganman. Bir marta otamdan nimaga bunday qilishini so'raganman va u shunday javob bergandi: "Sen o'zingdan muhimroq bo'lgan odam bilan shunday salomlashasan".

Kessening otasi armiyada xizmat qilgan va Kot-d'Ivuarda 2002 yildan 2007 yilgacha davom etgan va mamlakatni shimoliy musulmon va janubiy xristian qismlarga bo'lgan fuqarolar urushida vafot etgan.

Frank otasining harbiy salomini abadiy eslab qoladi.


Kesse Italiyaga kelganidan so'ng agentidan pul so'ragan va ularni Kot-d'Ivuardagi etimlarga yuborgan

Frank 14 yoshida Abidjandagi "Stella d'Adjame" yoshlar jamoasiga borgan, to'rt yildan so'ng esa asosiy tarkibga kirgan. "U erdagi maydon o't va loy aralashmasidan edi, – deb eslaydi Kesse. – Axlatlar ko'p edi. Osonmas, ammo uzoqqa borishni istasang, har qanday qurbonlikka tayyor bo'lishing kerak".

Frank 19 yosh bo'lganidan Evropaga, aniqrog'i "Atalanta"ga yo'l oldi. "Juda sovuq edi, – degandi Kesse 2016 yil La Gazzetta dello Sport'ga bergan intervyusida. – Aeroportdan chiqqanimda, birdan samolyotga qaytishni xohlagandim".



"Kesse U-17 jahon chempionatida ajoyib ishtirok etgandi va uning oldinga qadam tashlashga tayyorligini tushundim, – deb eslaydi futbolchining agenti Jorjes Atangana La Repubblica'ga bergan intervyusida. – "Atalanta"da Evroittifoqdan bo'lmagan o'yinchi uchun joy bor edi va ular meni eshitishdi. Frankni ilk yarim yilda uni hech kim kuzatmasligiga tayyorladim va B Seriyadagi "CHezena"ga ijaraga ketishni tavsiya qildim. U u erda A Seriyada o'ynashga qodirligini tushundi.

Unga qo'shimcha cho'ntak harajatlarini berdim va u bir marta mendan ko'proq berishni so'radi. Buni tushunmadim. Bir qancha vaqt oldin u so'radi: "Qariya, "CHezena"dagi pullarni eslaysanmi? Men ochman, shu sabab uni oldim va Kot-d'Ivuardagi ochlarga yubordim".

"CHezena"dan "Atalanta"ga qaytgan Kesse Jan Pero Gasperini bilan ishdan olgan taassurotlarini ulashdi. "Barchasi yaxshi, jarimalardan tashqari, – deya kuldi Kesse. – kechki ovqatga ikki marta kechikish uchun 120 evro!"


"Milan"ga Kesseda 19-raqamni vada qilishdi – bu otasining o'lim sanasi. Ammo, u Bonuchchida edi

Frank 2017 yilning yozida "Milan"ga 28 mln evroga majburiy xarid qilish huquqi bilan ikki yillik ijara bilan o'tdi.

Kessega muzokaralar davomida 19-raqamni vada qilishgan. U Frank uchun juda muhim – bu uning tug'ilgan sanasi, otasining o'limi va Italiyaga borgan kuni. Ammo, "Milan" ushbu raqamni Leonardo Bonuchchi olib qo'yganini aytishni yodidan chiqardi. Frank Xitoy bo'ylab mavsumoldi turnesidagi Dortmundning "Borussiya" jamoasiga qarshi o'yin oldidan kiyim almashtirish xonasida 14-raqamni payqadi va juda xafa bo'ldi. Uni onasi tinchlantirdi: "Xavotir olma. Sen shundoq ham otangning xotirasi juda kuchli sharaflading". Kesse baribir boshqa raqamni oldi – 79.



Frank "Real" bilan o'yinda yana otasining sharafladi – bu esa Ispaniyada otalar kuni nishonlanayotganiga to'g'ri keldi.


Sports.ru saytidan Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика