So’nggi yangiliklar

17:02"Лилль" МЮга ўтиши кутилаётган Йорони қўрқитишга ўтди  2 16:53"Ал Насср" бразилия терма жамоаси вакили билан битим имзолади  0 16:15Ибрагимовичнинг ўғли "Милан" билан шартнома имзолади  2 15:41"Рома" янги мавсум учун либосини тақдим этди  1 15:35Мбаппенинг онаси: "Ўғлим ҳеч қачон алдамаган"  7 15:02"Арсенал" қора рангдаги либосини тақдим этди  2 14:52"Атлетико" тез орада 30 млн. евролик трансфер ҳақида эълон қилади  1 14:19Ўзбекистон U23 терма жамоаси янги либосларда машғулот ўтказди  22 13:41"Барселона" янги мавсум учун либосини тақдим этди  6 13:26ФИФА рейтинги янгиланди. Ўзбекистон кўтарилди  16 13:08Аёллар ОЧЛ саралаш босқичига қуръа ташланди. Бу баҳсларда қайси жамоамиз иштирок этади?  2 12:5836 ёшли Ракитич Гаттузо, Перишич ва Калинич бор Хорватия клубига ўтади  2 12:34Клопп Англияга рад жавобини берди  3 12:01ПСЖ Осимхен учун икки ҳужумчидан бирини танлаши керак  2 11:47"Бунёдкор" Тошкентда учта ўртоқлик учрашуви ўтказади. Рақиблардан бири терма жамоа  2

Keskinlik ortmoqda: A Seriya 29-tur yakunlari Yangiliklar

Keskinlik ortmoqda: A Seriya 29-tur yakunlari

Teglar :  A Seriya
Italiya chempionatida navbatdagi tur uchrashuvlari ortda qoldi.

"Salernitana" va "Inter" durang o'ynashdi

O'yin starti "Inter" uchun ajoyib bo'ldi, 5-daqiqadayoq Lukaku havodan uzatilgan to'pni Gosensga tashladi, Robin esa birgina urinishda uni to'rga yo'lladi. Ko'p o'tmay belgiyalikning o'zi gol urishi mumkin edi, biroq raqibni chalg'ita olgan Romelu darvoza burchagini nishonga olishda  adashdi. "Inter" yaxshi tempda harakat qilardi va vaziyatlar yaratardi. Avvaliga Gosensning uzatmasidan keyin Korrea xavfli zarba berdi, keyin esa qarama-qarshi qanotdan Dumfrisning pasidan Lukau zarba yo'lladi, har ikki safar Ochoa zarbalarni qaytarishni uddaladi. "Salernitana" esa hujumda tanaffusgacha aytarli hech nima qilolmadi.

Tanaffusdan keyinoq "Inter"da gol urish uchun yaxshi imkoniyat bo'ldi. Korreaning uzatmasidan keyin Barella tepgan to'p ustunga tegdi. Keyingi vaziyatda "Salernitana"ga to'sin yordamga keldi. Lekin u "Inter"ga ham yordam berdi - Kandrevaning zarbasidan keyin Bulae Dia zarba bergandi. "Salernitana" dadilroq hujum qila boshladi, "Inter"da esa yana bo'sh zonalar paydo bo'la boshladi. Lautaro qarshi hujumga qochib ketdi, lekin niyatiga eta olmadi. Navbatdagi vaziyatda Ochoa bu safar Lukakuning zarbasini qaytardi. Hal qiluvchi vaziyat esa o'yin oxirida yuz berdi. Kandreva yo'llagan to'p zarbamidi yoki uzatma tushunib bo'lmadi, ammo u Onananing ustidan o'tib, to'rga borib tushdi. Oxirgi daqiqalarda shturm uyushtirishga esa "Inter"ning kuchi qolmagandi. Klub mag'lubiyatsiz seriyasini davom ettirgan bo'lsada, CHempionlar Ligasi zonasidan tushib qoldi.


"Roma" safarda "Torino"ni engdi

Rimliklar o'yinni faolroq boshlashdi va 5-daqiqada Zalevskining zarbasidan keyin to'p Skorsning qo'liga tegdi, Paulo Dibala esa penaltidan unumli foydalandi. SHundan so'ng "Torino" faollashdi, ammo ancha vaqtgacha Rodrigesning uzoq masofadan yo'llagan zarbasidan boshqa xavfli vaziyat yarata olmasdi. "Roma" esa oradagi farqni ikkita oshirishga yaqin edi, Veynaldum darvozadan chiqib ketgan Milinkovich-Savichning utsdin tashlab qo'yishiga sal qoldi. Umumiy qilib aytganda esa har ikki jamoa ehtiyotkor va passiv o'yin ko'rsatardi.

Tanaffusdan keyin Aleksey Miranchukda yaxshi imkoniyat yuzaga keldi, u Rodrigesning uzatmasidan keyin boshi bilan zarba yo'lladi, ammo Patrisiu qiyin vaziyatda jamoasi joniga oro kirdi. "Roma" esa hisobdan kelib chiqib harakat qilardi va hech qaerga shoshmasdi. O'yin oxirida Sanabriyada yaxshi vaziyat bo'lgandi, ammo uning zarbasi juda kuchsiz chiqdi. "Roma" final hushtagi oldidan yana bitta gol urishi mumkin edi. Zaxiradan maydonga tushgan Abraxam himoyachilarni chalg'ita olgan bo'lsada, mo'ljalda adagdi. "Roma" qiyin g'alabani qo'lga kiritdi va "Inter"ni quvib o'tdi, "Torino" esa chamasi evrokuboklar bilan xayrlashaversa ham bo'ladi.


"Lacio" Rimda "Yuventus"ni taslim etdi

Mauriccio Sarri shogirdlari o'yinni yaxshiroq boshlashdi. Luis Albertoning ayyorrona zarbasidan keyin Milinkovich-Savich qulay nuqtaga chiqib bordi, ammo Bremer oxirgi pallada to'pni qaytarib yubordi. Albertoning uzatmasidan keyin Immobile to'pni erga tushirmay zarba yo'lladi. Cakanyaning qanotdan uzatmasidan keyin Milinkovich-Savich o'ta qulay nuqtada paydo bo'ldi va nomiga gol yozdirib qo'ydi. Biroq "burgutlar" xursandchiligi uzoqqa cho'zilmadi. 5 o'tar-o'tmas burchak zarbasidan keyin jarima maydonchasida yuzaga kelgan tala-to'pda Rabo to'pni darvozaga yo'llashni uddaladi. 

Tanaffusdan keyin umumiy kartina o'zgarmadi va "Lacio" hujum qilishda davom etdi hamda ko'p o'tmay, gol urdi. Felipe Andersonning qanotdan uzatmasidan keyin Luis Alberto tovoni bilan to'pni Cakanyaga o'tkazib berdi, u esa SHensnini dog'da qoldirdi. Oradan bir necha daqiqa o'tib, uning o'zi Milinkovich-Savichning uzatmasidan keyin yana gol urdi, lekin hakam ofsaydni qayd etdi va golni bekor qildi. "Yuventus" o'yinga qaytish urinib ko'rdi va bir nechta vaziyat ham yarata oldi. Misol uchun Vlaxovich bosh bilan zarba yo'lladi, o'yin oxirida esa Rabo va Fadjoli ishtiroklarida vaziyat bo'ldi, biroq baribir Provedel darvozasi oldida chinakamiga xavfli vaziyatlar ko'p bo'lmadi. Bu g'alabadan keyin "Lacio" 2-o'rinda mustahkam joylashdi, "Yuventus" esa etakchilarga yaqinlashib olish imkoniyatini qo'ldan chiqardi.


Sergey Rumyancev 

Nozima To'xtamirzaeva tarjimasi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика