Kerroll "Reding"da noodatiy raqamda o'ynaydi
17 sen 2022 13:46
Yangiliklar
Kerroll "Reding"da noodatiy raqamda o'ynaydi
Angliya terma jamoasi va "Liverpul" sobiq hujumchisi Endi Kerroll CHempionship vakili "Reding" bilan 4 oylik shartnoma imzoladi.
Klub 33 yoshli tajribali futbolchidan 2, 20, 26 va 27 raqamlaridan birini olishni taklif qilgan. Kerroll qizining tug'ilgan kunini nishonlagandan so'ng bolalarining iltimosiga ko'ra yangi jamoasida hujumchilar uchun noodatiy hisoblanadigan 2-raqamni olishga qaror qildi.
Kerroll iyun oyida "Vest Bromvich" bilan kelishuv yakuniga etgach ishsiz qolgandi. U o'tgan mavsumning birinchi yarmida "Reding"da ijara asosida harakat qilib, 8 ta o'yinda 2 ta gol urgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar