So’nggi yangiliklar

16:34Ла Лига жамоаси мураббийи Фабрицио Романони ёлғонда айблади  0 16:06"ТерДУ" назорат учрашувида "Қўқон-1912"ни енгди  0 15:39Расман: "Шўртан" грузиялик ҳимоячи, ивуарлик ҳужумчи ва яна 3 нафар легионер жалб этди  0 15:18Республика футбол академияси Про лигада қатнашади  1 15:02Ўзбекистонлик ҳакам аёллар ўртасидаги ЖЧ саралаш ўйинларини бошқариб боради  1 14:41Қишда Ўзбекистонга келган энг қиммат легионерлар  2 14:35"Реал" Винисиусга нисбатан ирқчилик ҳақоратлари иши бўйича УЕФАга далилларни топширди  5 14:07"Ливерпуль" универсал футболчиси билан музокараларда олдинга силжиди  2 13:40"Барселона" ярим ҳимоячиси билан ҳамкорликни давом эттирмоқчи  0 13:13Расман: "Насаф" собиқ футболчиси "Хоразм"га ўтди  0 12:51Влахович Испанияга кўчиб ўтади  5 12:23Puma АПЛ учун янги тўпини тақдим этди  0 11:57Бектемир Абдуманнонов: "Ўзбекистон МТЖдан чақирув олиш ва "Динамо" билан камида битта соврин ютиш ниятидаман"  2 11:28ОЧЛ 2да ҳаммаси тугади: Марказий Осиёдан ҳеч ким қолмади  5 10:46"Манчестер Юнайтед" ва "Ливерпуль" "Ювентус" футболчиси учун курашмоқчи  0

Qishda O'zbekistonga kelgan eng qimmat legionerlar Yangiliklar

Qishda O'zbekistonga kelgan eng qimmat legionerlar

Bugun tunda O'zbekistonda qishki transfer oynasi yopiladi.

Klublarimiz o'z tarkibiga ko'plab legionerlarni jalb qilishgani hech kimga sir emas. Ko'plab xorijlik futbolchilarni ism familiyasini birinchi marta eshitdik. Ularning qanday saviyada ekanini mavsum ko'rsatib beradi. Biz Transfermarkt portaliga ko'ra, ayni paytda transfer narxi eng qimmat bo'lgan 13 nafar futbolchini ko'rib chiqishga qaror qildik.

400 000 evro - Salvador Sanches (Argentina/"Dinamo")
400 000 - Katulondi Kati (Kongo DR/"Navbahor")
400 000 - Aleksandre Andronikashvili (Gruziya/"Andijon")
450 000 - Pyotr Pajishek (Polsha/"Paxtakor")
500 000 - Nikolay Ivanov (Belarus/"Lokomotiv")
500 000 - Kingsli Sarfo (Gana/"Dinamo")
500 000 - Aleks Fernandes (Braziliya/"Navbahor")
500 000 - Mauro Brasil (Urugvay/"Dinamo")
550 000 - Stipe Perica (Xorvatiya/"Neftchi")
700 000 - Vanya Ilich (Serbiya/"Navbahor")
700 000 - Yovan Nishich (Serbiya/"Lokomotiv")
700 000 - Nemanya Chalasan (Serbiya/"Andijon")
800 000 - Anri Chichinadze (Gruziya/"Navbahor")

"Navbahor" narxi 800 ming evro bo'lgan gruziyalik markaziy himoyachi Anri Chichinadzeni o'z safiga qo'shib oldi.

Bu ro'yxatda eng qimmat uch nafar futbolchi ham Serbiya mamlakatidan ekaniga etibor qiling. "Andijon"ga kelgan Chalasan markaziy himoyachi, terma jamoa sobiq futbolchisi. Faoliyati davomida Portugaliya klublarida ham o'ynagan. So'nggi klubi Qozog'istonning "Elimay" jamoasi bo'ldi. 


"Navbahor"ga o'tgan Ilich esa "lochinlar" uni bekorga "Radnichki Nish" klubidan sotib olmaganini isbotlashi kerak bo'ladi.

"Lokomotiv"ga o'tgan yarim himoyachi Nishich ham terma jamoada kam bo'lsa ham maydonga tushishga ulgurgan va o'tgan ikki mavsum Ilich bilan bitta klubda o'ynagan.

O'zbekistonning amaldagi chempioni Farg'onaning "Neftchi" klubi "Udineze", "Uotford", "NAK Breda", "Standard" kabi jamoalarda to'p tepgan xorvatiyalik hujumchi Stipe Pericani o'z safiga qo'shib oldi.


"Dinamo" narxi 500 ming bo'lgan ikki legionerni o'z safiga qo'shib oldi. Himoyachi Mauro Brasil O'zbekiston Superligasida o'ynaydigan tarixdagi birinchi urugvaylik futbolchi bo'ladi. Ganalik yarim himoyachi Kingsli Sarfo esa "Neftchi"ga o'tib ketgan Ratinoning o'rnini bosish uchun olindi.

"Navbahor" "Baltika"dan transfer narxi 500 ming bo'lgan braziliyalik vinger Aleks Fernandesni ijaraga oldi.

"Lokomotiv" o'z tarkibiga qo'shib olgan markaziy yarim himoyachi Nikolay Ivanov o'tgan mavsum Belarusda 7 ta gol urdi va 7 ta assist berdi.

Narxi 450 ming evro bo'lgan polshalik hujumchi Pyotr Pajishek "Paxtakor"da Igor Sergeevning o'rniga olib kelindi. U faoliyati davomida "Charlton", "Sent Truyden", "Zvolle", "Frozinone", "Leganes" kabi klublarda to'p tepgan.


Bundan tashqari "Dinamo" argentinalik himoyachi Salvador Sanches, "Navbahor" kongolik hujumchi Katulondi Kati va "Andijon" gruziyalik yarim himoyachi Aleksandre Andronikashvili bilan shartnoma tuzdi. Uchala futbolchining transfer narxi 400 ming evroga teng.

Reyting: +2   

Fikrlar

   
20 fev 16:31:04
Abv
Manimcha eng sifatlisini Dinamo oldi
   
20 fev 15:35:23
Akbar Umarov
Ana bo'lmasam bo'larkanku qoile daxshat transferlarku
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика