So’nggi yangiliklar

15:30"Бургутлар"нинг баланд парвози — "Андижон" "Сўғдиёна"ни тор-мор этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:24Тошкентда Европа клублари скаутлари иштирокида йиғин бўлади. Бу ҳақиқий имкониятми ёки шов-шувли маркетинг?  1 14:55"Интер" "Ливерпуль” футболчисига қизиқиш билдирмоқда  0 14:25Алижоновнинг ҳолати қандай?  3 14:02Иван Бошкович юбилей ўйинда энг йирик мағлубиятини қабул қилиб олди  5 13:37Португалиялик легионер "Пахтакор"да тиббий кўрикдан ўтолмагани маълум бўлди  4 13:20"Қизилқум" мураббийи: "Клуб раҳбарияти кучли бешликка кириш вазифасини қўйган, биз ундан юқорироққа интиламиз"  2 13:06Бабаян нега Турғунбоевни "Сўғдиёна"га қарши ўйин қайдномасига киритмади?  2 12:48Маунтга АПЛнинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  0 12:12Осимхен фаолиятини "Ювентус"да давом эттирмоқчи  2 11:36Гвардиола "Ман Сити"да рўза тутган футболчилар ҳақида гапирди  8 10:11"Динамо"нинг "Навбаҳор"га қарши 11 йиллик омадсиз серияси тугайдими?  8 09:40"Қизилқум" 25 йилдан буён Тошкентда "Пахтакор"ни юта олмаяпти  2 09:18"Шерлар" ови омадли келган, Каннаваро ўйинни стадиондан кузатган "Пахтакор" - "Қизилқум" учрашувидан галерея  20 08:57Суперлига. Бугун Абрамов vs Кападзе дуэли ва яна 2 та ўйин бор  9

Superliga. Qishning eng yaxshi transferlari (top-10) Yangiliklar

Superliga. Qishning eng yaxshi transferlari (top-10)

O'zbekiston Superligasi har mavsum transferlar oynasida o'z syurprizlari bilan ajralib turadi.

Bu qishda ham jamoalar tarkibini kuchaytirishda faol harakat qildi. Chempionlik uchun asosiy davogarlar va yangi imkoniyatlarni qidiruvchi jamoalar bir qator strategik transferlarni amalga oshirdi. Keling, qishning eng etiborga molik transferlarini ko'rib chiqamiz.

Sherzod Nasrullaev – "Paxtakor"

Chempionlikka intilgan "Paxtakor" tarkibini kuchaytirish yo'lida asosiy qadamlardan biri – Sherzod Nasrullaevni jamoaga taklif qilish edi. O'zbekiston terma jamoasi chap qanot himoyachisi sifatida tajribali va yuqori malakali futbolchi hisoblanadi. Umar Adhamzodaning "Navbahor"ga ko'chishi bilan yuzaga kelgan bo'shliqni qoplaydi va Kamoliddin Tojiev qurmoqchi bo'lgan hujumkor uslubga ham mos keladi.

Oybek Bozorov – "Paxtakor"

Sifat va tajriba jihatidan "sherlar"ning qishdagi eng muhim transferlaridan biri Oybek Bozorovning jamoaga qo'shilishi hisoblanadi. Hujumkor yarim himoyachi "Nasaf"da bir necha yil asosiy futbolchi sifatida harakat qildi. O'tgan mavsumda u Superligada 12 ta assist va 4 ta gol bilan samarali natija qayd etdi. Endi ushbu qobiliyatini Toshkentdagi yangi jamoada ham namoyon etishi kutilmoqda. "Paxtakor" nafaqat milliy chempionatda, balki OCHL-2 turnirda ham yuqori maqsadlarni ko'zlagan va tajribali futbolchilarning ishtiroki bu yo'lda hal qiluvchi ahamiyatga ega.

O'tkir Yusupov – "Navbahor"

Timur Kapadze "Navbahor"ni boshqarishni qo'lga olgach, klubning darvoza chizig'ini kuchaytirishga alohida etibor qaratdi. Bu borada eng to'g'ri qaror – O'tkir Yusupovning jamoaga qaytishi bo'ldi. Bir necha yillar asosiy darvozabon sifatida xizmat qilgan va muxlislar etiboriga sazovor bo'lgan Yusupovga "Fulad"da o'yin amaliyoti kamligi va jarohatlar pand berdi. Namanganda esa u barqaror sport formasiga qaytadi va bu mundial oldidan Yusupov uchun muhimdir. Bu transfer har ikki tomon uchun ham manfaatli ahamiyatga ega.

Oybek Rustamov – "Nasaf"

Superliganing so'nggi yillardagi eng barqaror yarim himoyachilaridan biri Oybek Rustamov "Nasaf" safiga qo'shildi. Tayanch nuqtada u jamoaning asosiy harakatlanishini taminlaydi va “ajdarlar”ning o'yin uslubida muhim rol o'ynaydi. Rustamov yuqori darajada texnik va taktik jihatdan barqaror, shuningdek, hujum va himoya orasida muvozanatli harakat qila oladi. Uning tajribasi va barqarorligi yangi murabbiy taktik usullarini samarali amalga oshirishda ham katta qo'l keladi.

Xurshid G'iyosov – "Neftchi"

Rustamov singari, bir necha yil OKMKda jamoasining asosiy va eng kerakli futbolchisi bo'lib kelgan Xurshid G'iyosov o'z klubini o'zgartirdi va “Neftchi” safiga qo'shildi. Uning transferi uchun jamoalar o'rtasida qatiy kurash ham bo'ldi, jumladan, "Andijon" ham uni o'z safiga olishga harakat qildi.

2025 yilgi Superligada G'iyosov 10 ta gol va 11 ta assist bilan sermahsullik ko'rsatdi, bu esa uning maydondagi samaradorligini yaqqol namoyon etdi. Boz ustiga, "Neftchi"ning hujumkor yarim himoyachisi Islom Ismoilov bilan hamkorlikda u yanada erkin harakat qilishi va jamoa hujumini faollashtirishi mumkin.

G'iyosovning kelishi “Neftchi” uchun yarim himoya chizig'ini mustahkamlash va jamoaning Elit OCHL va milliy chempionatdagi maqsadlariga erishishda muhim turtki bo'ladi.

Akmal Mozgovoy – "Paxtakor"

"Paxtakor" yarim himoya chizig'ini haqiqatan ham mukammal va raqobatbardosh tarzda shakllantirdi. Qishki transfer oynasining so'nggi kunlarida klub "Baniyas"dan Akmal Mozgovoyni o'z safiga qo'shdi. Uning transferi jamoa uchun strategik ahamiyatga ega, chunki Mozgovoy yarim himoya va hujum orasidagi muvozanatni taminlay oladi. 

Bu qadam yuqorida aytganimizdek “Paxtakor”ga nafaqat milliy chempionatda, balki OCHL-2 turnirda ham raqobat ustunligini saqlab qolish imkonini beradi. Mozgovoyning kelishi jamoadagi raqobatni kuchaytiradi va boshqa futbolchilarni ham yuqori samaradorlik ko'rsatishga undaydi. Shu bilan birga, yarim himoya poziciyasida "Paxtakor" bemalol "Neftchi" bilan bellasha oladi.

Imeda Ashortia – “Andijon”

2025 yil mavsumida "Bunyodkor"ning eng yaxshi futbolchilaridan biri bo'lgan, Superligada 10 ta gol va 2 ta assist qayd etgan gruziyalik hujumkor yarim himoyachi Imeda Ashortia faoliyatini "Andijon"da davom ettiradi. Uning jamoaga kelishi "burgutlar" bosh murabbiyining shaxsiy tashabbusi va talabiga ko'ra amalga oshirildi.

Ashortia o'tgan mavsumda o'zining tezkorligi, individual mahorati va hujumlardagi keskinligi bilan ajralib turdi. Uning maydonda erkin harakat qilishi, hujumlarni tezlashtirishi va golli vaziyatlar yaratish qobiliyati "Andijon"ning hujum salohiyatini oshirishga xizmat qilishi mumkin.

Shu bilan birga, bir jamoada yorqin o'ynagan futbolchining boshqa klubda ham xuddi shunday samara ko'rsatishi kafolatlanmaydi. Yangi muhit, taktik talablar va jamoaviy o'yin uslubiga moslashish jarayoni Ashortianing natijalariga bevosita tasir o'tkazishi mumkin. Shunga qaramay, uning potenciali va tajribasi “Andijon” uchun muhim kuch sifatida baholanmoqda.

Ratino – "Neftchi"

"Neftchi" o'z asosiy tarkibini saqlab qolgan holda bir qator istedodli futbolchilarni ham jalb qildi. Shu qatorda Samarqandning "Dinamo" jamoasida 2 mavsum davomida to'p tepgan braziliyalik yarim himoyachi Ratino ham bor. Endi u amaldagi chempion safida maydonga tushadi va jamoaning markaziy yarim himoya chizig'ida muhim rol o'ynaydi. Farg'onaliklar o'z safiga Superligada barqaror o'ynab turgan futbolchini taklif qildi. Shuningdek, Ratino "Neftchi" ning xalqaro turnirlarda tarkibdagi raqobatni kuchaytirishda ham katta ahamiyatga ega bo'ladi.

Temurxo'ja Abduxoliqov – "Lokomotiv"

"Lokomotiv" qishda bir qator tajribali sobiq futbolchilarni jalb qilib, tarkibini mustahkamladi. Temurxo'ja Abduxoliqov eng yaxshi to'purarli yillarini aynan "temiryo'lchilar" safida o'tkazgan va bu yil ham o'z tajribasi asosida jamoaning asosiy hujumchisi sifatida maydonga tushishi kutilmoqda.

Qishki o'quv-mashg'ulot yig'inlari va nazorat uchrashuvlarida Abduxoliqov goleadorlik salohiyatini, maydonda hali ham to'liq kuchga ega ekanligini yaqqol namoyon etdi.  Endi asosiy vazifa – ushbu salohiyatni Superligada ham samarali qo'llash va jamoani o'z ortidan ergashtirgan holda yuqori natijalarga etaklashdir.

Shahboz Umarov – "Bunyodkor"

Legioner sifatida 6 yil davomida Belarus va Qozog'iston chempionatlarida faoliyat olib borgan Shahboz Umarov "Bunyodkor" bilan shartnoma imzolab, O'zbekiston Superligasiga qaytdi. U milliy chempionatda so'nggi marta 2019 yilda OKMK safida maydonga tushgan edi.

Tajribali futbolchining qaytishi "qaldirg'ochlar" uchun muhim ahamiyatga ega. Umarov yarim himoyada faol harakat qiladi, tezkorligi va individual mahorati bilan ajralib turadi. Yana bir omil, standart vaziyatlarda ham o'zining faolligini ko'rsatishi kutilyapti. Shu jihatdan, u jamoa hujumlarini rang-barang qilish va raqobatni kuchaytirishda asosiy figuralardan biriga aylanishi mumkin.

Uning xalqaro tajribasi va professional yondashuvi "Bunyodkor"ning yangi mavsumdagi maqsadlariga erishishida muhim omillardan biri sifatida baholanmoqda.

Reyting: +1   

Fikrlar

   
26 fev 16:47:51
Hilol
Темурхўжада адашиб кетибсизлар


   
26 fev 16:21:02
Raximbergan Ruzmetov
Буни вакт курсатади
   
26 fev 15:48:34
Ўзбек футболининг муҳлиси
Оббо, Абдулазизжон мавсум оҳирида билинади
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика