"Arsenal" 410 kun mobaynida ikkita gol farqi bilan mag'lub bo'lmadi

Sherzod Nurmatov
23 mar 2026, 20:05
Londonning "Arsenal" jamoasi Angliya Liga Kubogi finalida "Manchester Siti"ga ikki gol farqi bilan yutqazdi.

Ma'lum bo'lishicha, Angliya chempionati yetakchisi oxirgi marta barcha musobaqalarni qo'shib hisoblaganda bir yildan ko'proq vaqt oldin - 2025 yilning fevral oyida, roppa-rosa 410 kun oldin ikki to'p farqi bilan imkoniyatni boy bergan.

Qizig'i shundaki, bu aynan Angliya Liga Kubogida sodir bo'lgan va "Nyukasl" Mikel Artetani ranjitgan.

"Arsenal" va "Manchester Siti" 18 aprel kuni Angliya chempionati 33-turida uchrashadi. Eslatib o'tamiz, "shaharliklar" "Arsenal"ning musobaqa jadvalidagi asosiy raqibi hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Opta