Kerrik g'alabadan so'ng MYUdan ketdi. U 15 yildan buyon klubda edi
03 dek 2021 07:57
Yangiliklar
Kerrik g'alabadan so'ng MYUdan ketdi. U 15 yildan buyon klubda edi
Bu haqida u "Arsenal" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng malum qildi. U Sulsherning istefosidan so'ng jamoada vaqtincha bosh murabbiy vazifasini bajarib kelayotgandi.
Endi Kerrik Ralf Rangnikning murabbiylar shtabida ishlamasligi malum bo'ldi.
Kerrik 2006-2018 yillar ichida manchesterliklar uchun 464 ta o'yin o'tkazgan. Besh marotaba Angliya chempioni bo'lgan, 2008 yilda esa ECHLda g'olib chiqqan. 2018 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan. SHundan so'ng u avvaliga Mourino, keyin esa Sulsherning yordamchisi sifatida murabbiy bo'lib ishlagan.
"Bunday ajoyib klubda o'tkazilgan davr men uchun doimo eng zo'ri bo'lib qoladi. 15 yil oldin shartnoma imzolaganimda, bunchalik ko'p sovrin yutaman deb umuman o'ylamagandim.
Albatta futbolchi yoki murabbiylar shtabi azosi sifatida bunday fantastik xotiralarni unutmayman.
Uzoq o'ylaganimdan so'ng, klubni tark etish vaqti aynan hozir ekanligini tushundim. Bu 100 foiz o'zimning qarorim", - dedi Kerrik.
Fikrlar