Kellinining agenti futbolchining kelajagi haqida gapirdi. Uning shartnomasi 30 iyunda yakunlangandi
15 iyu 2021 09:14
Yangiliklar
Kellinining agenti futbolchining kelajagi haqida gapirdi. Uning shartnomasi 30 iyunda yakunlangandi
36 yoshli Jorjio Kellinining agenti 30 iyun kuni "Yuventus" bilan shartnomasi yakuniga etgan futbolchining kelajagi haqida gapirdi.
"SHartnoma imzolash uchun kamida ikki tomon bo'lishi kerak. Jorjio Evroga yo'l olgandi va bor etiborini o'sha musobaqaga qaratgandi. "Yuventus" bilan muammo yo'q, biz keyinroq uchrashishimizni aytganmiz. Ammo hali yangi kelishuvni muhokama qilish uchun stol atrofida yig'ilmadik.
Agar Evropaning boshqa top-klubidan taklif tushsa nima qilish kerak? Avvaliga biz taklifni olishimiz lozim. Hozirgi kunda bu narsa yo'q. Biz "Yuventus" muzokara kunini malum qilishini kutyapmiz", - dedi agent.
Fikrlar