Kellini tez orada faoliyatini yakunlaydi

Sherzod Nurmatov
9 dek 2023, 17:30
Italiyalik muhim qaror qabul qilishga yaqin.

"Los-Anjeles" himoyachisi Jorjo Kellini MLS pley-off bosqichining "Kolambus"ga qarshi bahs uning faoliyatidagi so'nggisi bo'lishi mumkinligini tan oldi.

"Men kimni tinglashim kerakligini tushunishim kerak: boshimni, yuragimni yoki oyoqlarimni. Turli signallar bor... Bu mening so'nggi o'yinim bo'lishi mumkin, ko'ramiz", – dedi italiyalik futbolchi.

Italiyalik futbolchi "Los-Anjeles"da 2022 yildan buyon o'ynab kelmoqda. 39 yoshli markaziy himoyachi joriy mavsum barcha musobaqalarda 28 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urgan.

"Kolambus" – "Los-Anjeles" uchrashuvi 10 dekabrga o'tar kechasi bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com